97
qog’ozsiz texnologiyadir. Axborotga ishlov berish uzeliga kira
oladigan deklarant elektron bojxona yuk deklarasiyasini (EBYuD)
to’ldirib, unga elektron raqamli imzo qo’yadi, boshqa zarur
ma`lumotlar kiritib, bu axborotlarning barchasini avtorlashtirilgan
xabar ko’rinishida mintaqaviy bojxona organiga yo’llaydi. Raqamli
imzoning mavjudligi bu ma`lumotlar yuridik kuchga egaligini
bildiradi. TIF ishtirokchisidan elektron deklarasiyani olgan bojxona
inspektori berilgan ma`lumotlarni tekshirib, tovarni erkin muomalaga
chiqarish haqida qaror qabul qiladi. Rasmiylashtirishning bunday
usuli importchiga bojxona inspektori bilan bevosita muloqot qilmaslik
imkonini beradi.
Elektron deklarasiyalash TIF ishtirokchilari uchun qulayliklarni
tubdan o’zgartirishni anglatadi. Ularda tovar aylanmasini ancha
oshirish va qo’shimcha xarajatlarni qiskartirish imkoniyati paydo
bo’ladi. O’rta hisobda bojxonada rasmiylashtirish, jumladan tovarni
ko’rikdan o’tkazish va chiqarish vaqti 25 daqiqani tashkil etadi.
Markaziy bojxona boshqarmasi bojxonalarida oddiy texnologiya
bo’yicha rasmiylashtirish taomili o’rta hisobda ikki sutkaga yaqin
vaqtni olgan.
Dostları ilə paylaş: