42
I-IV sinflar uchun jismoniy tarbiyadan bilishi zarur bo’lgan nazariy
bilimlar.
1-sinf.
Kun tartibi. Sizning oldingizda yangi vazifalar paydo bo’la boshladi. Siz uy
vazifalarini tayyorlashingiz, ota-onalaringizga yordam berishingiz lozim.
Umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan fanlar bo’yicha fan dasturi asosida o’quv
qo’llanma, darslilar yaratilgan va o’quv jarayonida joriy etilgan. Ammo jismoniy
tarbiya bo’yicha o’quv dastur yoki darsliklar endigina yaratildi. Bular qatorida 1-4
sinflar uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv qo’llanmalar Respublikaning taalluqli
olimlari professorK.M.Maxkamjonovning va P.Xo’jayevlar tomonidan yaratildi va ko’p
nusxada nashr etilib ta’lim tizimiga joriy etildi.quyida ushbu o’quv qo’llanmadan
na’munalar beriladi.
Jismoniy tarbiya 1-4 sinflar uchun (T: 2011-2012 y)
Shuningdek, maktab to’garaklarida shug’ullanishingiz, o’rtoqlaringiz bilan
o’ynashingiz, qiziqarli kitoblar o’qishngiz ham kerak. Bu ishlarni bajarishda to’g’ri
tuzilgan kun tartibi sizga yordam beradi. Buning uchun qilinadigan ishlarning ro’yhati
tuzilib, uni qaysi vaqtda bajarish kerakligi ko’rsatiladi.
Siz shu ishlarni ko’rsatilgan vaqtlarda bajarishga odatlanishingiz kerak. Bu sizning
kun tartibingiz bo’ladi. Kun tartibidagi ishlar bilan birga, jismoniy mashqlarni
bajarishni ham yesdan chiqarmaslik kerak. Jismoniy mashqlarni bajarish bilan siz
sog’lom bo’lishga, ish qobiliyatingizni oshirishga va o’zlashtirishni yahshilashga
erishasiz. Kun tartibida ko’rsatilgan hamma ishlarni o’z vaqtida qilsangiz, toliqib
qolmaysiz. O’quv vazifalarni bajarishda qiynalmaysiz, tiniqib uxlab, sog’lam va tetik
yurasiz. Kun tartibini hamma har hil tuzishi mumkin. Lekin shunday tadbirlar borki,
ularni hamma bajarishi shart.
Dostları ilə paylaş: