Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Raqs elementlari. 
Milliy raqs elementlarini uyg’unlashtirish: Juftlik raks «Askariy», «Lazgi», 
«Doloncha», 16 ta raks tushish elementlari. Ritmik gimnastika va badiiy gimnastika 
elementlari. 3-sinfda o’rgatiladigan milliy raks elementlarini takrorlash. 
Suzish. 
3-sinfda o’tilgan mashqlarni takrorlash. 
Erkin suzish usulida suzish. 50 metrdan 100 metrgacha bo’lgan masofada erkin 
suzish. Suvdagi o’yinlar: «Koptok uchun kurash», «Govvos», «Torpedo».
O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari. Umumta’lim maktablari kun 
tartibida jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlari, tashkiliy-metodik ko’rsatmalarning 
mazmuni, vazifasi va maqsadi dasturning ushbu qismida ifodalangan. Ularga 
quyidagilar kiradi: 
-ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy tarbiya 
daqiqasi, tanaffus vaqtida o’yinlar, kuni uzaytirilgan guruxlar sayrlari; 
-ertalabki badan tarbiya har kuni uy sharoitida o’quvchi tomonidan mustaqil 
bajariladi. Jismoniy tarbiya darslarida o’qituvchining raxbarligi ostida mashqlar 
majmuasi o’rgatiladi. 
Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi - o’quvchilarning aqliy ish 
qobiliyatlari va oldilarida turgan o’quv faoliyatlariga tayyorlash hamda a’zolardagi 
salbiy xolatlarning oldini olish, uzok vaqt harakatsizlikda bo’lgan vaziyatni yo’qotish. 
Majmua mashklari qiyin bo’lmagan 5-6 ta mashqlardan jismoniy tarbiya o’qituvchisi 
yoki yukori sinf o’quvchisi, fizorgi tomonidan berilgan topshiriq asosida qoidaga 
muvofik tuziladi va mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi. 
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - xordiq chiqarish, o’quvchilar ish 
qobiliyatini oshirish. Ular birinchi darsdan boshlab sinfda o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya 
daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan iborat bo’lib, 2-4 daqiqa davomida sinf fizorgi 
yoki fan o’qituvchisi raxbarligida olib boriladi. 
Tanaffuslar vaqtida o’tkaziladigan o’yinlar. Uning maqsadi - o’quvchilar sog’ligini 
mustahkamlash va faol dam olish, chinikish, aqliy va jismoniy ish kobiliyatlarini 
oshirish, jismoniy mashklarni muntazam ravishda bajarishni odatga aylantirishdan 
iboratdir. Koidaga kura o’yinlar toza xavoda, katta tanaffuslarda tashkil etiladi. Xar-xil 
xarakatli o’yinlar qatoriga soddalashtirilgan o’yinlar xam kiritiladi. O’yinlar sinf 
fizorgi, sport yo’riqchisi bilan birgalikda yoki navbatchi o’qituvchilar kuzatuvida 


39
(nazoratida) tashkil qilinadi. 
Kuni o’zaytirilgan guruxda sport soati. Uning maksadi - ukuvchilar sogligini 
mustaxkamlash, akliy va jismoniy zurikishlarning oldini olishdan iborat. Mashg’ulotlar 
qiyinchilik tugdirmaydigan, o’quvchilarni jalb qila oladigan 
soddaroq metodlardan foydalangan xolda o’tkaziladi va bir yo’la uyga berilgan 
topshiriqlar xam bajariladi. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazishda mutaxassislar, 
maktabning jismoniy tarbiya faollari va ota-onalar xam jalb qilinadi. Mashg’ulotlar xar 
kuni 35-45 daqiqa maboynida o’tkaziladi 
Sayrlar. 
Sayrlar, xarakatli o’yinlar (estafetalar, atraksion namoyishlar)ni bolalarning o’zlari 
tanlaganlari ma’qul (shunda mazmuni, o’tish joyi aniq belgilanadi). 
Mexnat topshiriqlari bilan sayrga chiqishlar xar xil qishloq xo’jalik ishlarini 
(Futbol maydonini tozalash, daraxtlar o’tkazish, sport maydonchalarini jixozlash va x 
o.) o’z ichiga olish bilan birga bajariladi. Sport sayri - yugurish, sakrash, uloqtirish va 
boshqa oddiy musobaqalarni o’z ichiga oladi. 
Ekskursiya - sayr-tomoshani va o’sha qurilganni bilib olishdan iborat bo’ladi. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin