48
I-IV sinflarda mustaqil bajariladigan jismoniy mashqlar.
1-2-sinf.
Ertalabki badantarbiya mashqlari.
Mashqlar yurishdan boshlanadi. Mashq bajarayotganda
burun orqali nafas olish
kerak. Olingan havo burundan toza va iliq holda o’pkaga o’tadi.
1. D.h.- a.t.t. Yurish, tizza baland ko’tarilib, bel to’g’irlanadi. Qo’llar erkin va
keng
harakatlanadi, bosh to’g’ri tutiladi.
2. D.h.- a.t.t. Oyoq uchda turib, qo’llarni yuqoriga ko’tarib, chuqur nafas olish.
Qo’llarni tushirib, nafas chiqarish.
3. D.h.-a.t.t. Qo’llarni oldinga va orqaga uzatib chapak chalish.
4. D.h.-
oyoqlar elka kengligida, qo’llar pastda. Chap va o’ng tomonga
chuqurroq engashish.
5. D.h.-
oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. Gavda o’ng va chap tomonga
burish.
6. D.h.- oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda.
Oldinga engashib, qo’llarni yon
tomonga yozish.
7. D.h.- Cho’qqayib o’tirib, qo’llarni oldinga uzatish.
8. D.h.- oyoqlar yelka kengligida, qo’llar pastda. Sakrab oyoqlarni juftlashtirish,
qo’llarni yuqoriga ko’tarib chapak chalish.
Mustaqil jismoniy mashqlar.
Maktabda sinf
ishlarini yoki uy vazifasini
bajarish paytida ancha vaqtgacha
harakatsiz o’tirishga to’g’ri keladi.
Shunda zerikib, charchaysiz. Charchoqni faol
harakatlar bilan yoqotish mumkin. Buning uchun bir daqiqa davomida 3 ta mashq 5-6
marta takrorlab bajariladi. Bu quvnoq daqiqalar deyiladi. Mashqlarni o’tirgan
joyida
yoki stol yonida, sekin yoki o’rta tezlikda bajarish mumkin. Charchoqni butunlay
yozish uchun 5-6 ta mashqni 2-3 daqiqa davomida bajarish mumkin.
Bunga jismoniy
tarbiya lahzalari deyiladi.Ularni kerishish mashqlaridan boshlagan maqul. 3-4 ta mashq
bilan qo’l, oyoq
va gavdani harakatlantirish, siltash va bo’shashish mashqlari bilan
yakunlash mumkin.