Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-sinf. 
O’quvchilar kun tartibi. 
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning tashkiliy asosi bo’lib, sizning yaxshi o’sishingiz 
va sog’lom bo’lib rivojlanishingiz uchun zarurdir. Sog’liqni saqlash, uni 
mustahkamlash va har tomonlama jismoniy rivojlanishda faol harakat kun tartining 
asosi hisoblanadi. Turli harakatlar, avvalo, jismoniy mashqlar asabni tinchlantirishda, 
yurak-qon tomir, nafas olish, gavda muskullarining rivojlanishida foydasi katta. Inson 
jismoniy mashqlardan oqilona foydalanganda uning muskullari kuchli, o’zi chaqqon, 
arakatlari aniq, barcha a’zolari tashqi muhitning ar hil ta’siriga qarshi tura oladigan va 
yaxshi moshlasha oladigan bo’ladi. Kun tartibi sizning uzoq umr ko’rishingiz va 
samarali faoliyat ko’rsatishingiz uchun zarur va qulay omildir.Maktab o’quvchisining 
harakat kun tartibi umumiy kun tartibining ajralmas qismi sanaladi. Shuning uchun, aziz 
bolalar, sizga quyidagi taxminiy o’quv kun tartibini tavsiya etamiz: 
7.00 - uyqudan uyg’onish;
7.00 - 7.25 - o’rinni yig’ishtirish, ertalabki gigiyenik badantarbiya, suv 
muolajasi; 
7.25 - 7.40 
ertalabki nonushta;
7.40 - 8.00 - maktabga borish;
8.00 - 12.30 - maktabda bo’lish. Darslar orasida quvnoq daqiqalarni o’tkazish, 
katta tanaffusda o’quvchilar tashqariga chiqib, jamoa bo’lib, turli harakatli o’yinlarni 
tashkil qilish;
12.30 - 13.00 - uyga qaytish;
13.00 - 13.30 - tushlik;
13.30 - 16.00 - dam olish, ochiq havoda o’ynash, sport seksiyalari va 
to’garaklarga qatnashish, uy-ro’zg’or ishlarida ota-onalarga yordamlashish; 
16.00 - 17.30 - dars tayyorlash;
17.30 - 19.00 - sayr qilish, o’yinlar o’ynash, jismoniy mashqlar bajarish;
19.00 - 19 - 30 - kechki ovqat;


47
19.30 - 21.00 - dam olish;
21.00 - 21.30 - uyquga tayyorgarlik; 
21.30 - 07.00 - uyqu.
Endi ertalabki badantarbiya mashqlari majmuyi va darslarga tayyorlanish 
paytidagi quvnoq daqiqalari uchun mashqlar, maxsus tibbiy guruhdagi o’quvchilarga 
mashqlar, sizga o’qituvchi va shifokor maslahati hamda jismoniy tarbiya o’qituvchisi 
tomonidan tavsiya etiladi.
Takidlash zarurki, Kun tartibidagi ertalabki badantarbiya, shaxsiy gigiyena, 
ovqatlanish, uxlashga mo’ljallangan vaqt doimiy bo’lishi va o’zgartirilmasligi kerak.
Dangasalik yoki o’zini qo’lga ola bilmay kun tartibiga amal qilinmasa, kun 
tartibidan kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. Kun tartibiga amal qilish bir maromda 
kechsagina, siz qat’iy uyushtirilgan hayot tarziga tez ko’nikasiz va bu kun tartibi 
sizlarga quvonch baxsh etadi va sog’ligingizni mustahkamlaydi, kelajakda yetuk shaxs 
bo’lib yetishishingizni taminlaydi. 
Yaxshi va sog’lom o’sish uchun jismoniy tarbiya va sport bilan kuniga 2-2,5 
soat shug’ullanish kerak. Bunday mashg’ulotlar tarkibi o’yinlardan, jismoniy 
mashqlardan, ertalabki dars oldidan o’tkaziladigan gimnastika mashqlaridan iborat 
bo’lishi lozim. Agar siz sport bilan uydan va maktabdan tashqarida, ya’ni sport
krujoklarida muntazam shug’ullansangiz, shu kuni jismoniy mashqlar bilan uyda 
kamroq shug’ullanishingiz mumkin.
Ko’rinib turganidek, kun tartibi - bu mashg’ulot va dam olishni tartibga solish 
hamda vaqtdan unumli foydalanishning eng oqilona yo’lidir. 


Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin