Javob. Jismoniy mashqlar klassifikasiyasi bu mashqlarni shakli va mazmuniga
ko’ra turkumlarga bo’lish demakdir.
32.
Savol. Jismoniy mashqlar qanday turkumlangan ?
Javob: Jismoniy mashqlar tarixan o’yinlar tarzidagi, gimnastika ko’rinishdagi
sport va turizm mashqlariga turkumlanadi.
33.
Savol. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari nimalardan iborat?
Javob:Havo, yer, quyosh nuri, suv, jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning
sog’lomlashtiruvchi kuchlari jismoniy tarbiya vositasi bo’lib xizmat qiladi.
34.
Savol.Gigiyenik omillar nimalardan iborat ?
Javob: Gigiyenik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasi tadbirlarini o’z ichiga
oladi. Gigiyenik omillariga to’g’ri rioya etgan holda jismoniy mashqlar bilan
shug’ullanish tarbiyaning samaradorligini oshirishi ilmiy-amaliy jihatdan
isbotlangan.
35.
Savol. Jismoniy ta’lim tushunchasiga ta’rif bering.
Javob. Jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilim va harakatlarni bajara
olishni o’zlashtirish hamda ularni o’quvchiga, shug’ullanuvchiga uzatishni tashkil qilish
va yo’lga qo’yishdir, yoki sohaga doir ma’lumot berishdir.
36.
Savol. Jismoniy tarbiya qanday umumiy prinsiplarga tayanadi?
Javob. a) Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi
prinsipi; b) Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi; v) Jismoniy tarbiyaning
sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi prinsipi jismoniy tarbiyaning umumiy
prinsiplari sanaladi.
37.
Savol. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari
nimalardan iborat:?
Javob: Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining vazifasi bolalarni
sog’lig’ini saqlash, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, gavdani to’g’ri tutish,
gigiyenaga rioya etish, kuch xislatlarni tarbiyalash ishlaridan iborat. Asosiysi bolalarda
hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini – yurish, yugurish, sakrash,
89
uloqtirish, tirmashib chiqish, suzish hamda velosipedda, samaokatda va otda yurish
elementlarini rivojlantirishdan iborat.
38.