Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Savol. Kuch jismoniy fazilati qanday ta’riflanadi?  Javob



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Kuch jismoniy fazilati qanday ta’riflanadi? 
Javob. Tashqi ta’sirni muskullar zo’riqishi hisobiga yengishga qaratilgan kuch
jismoniy kuch deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, muskullar zo’riqishi (uzayishi-
qisqarishi) hisobiga namoyon bo’ladigan kuch jismoniy kuch hisoblanadi. 
19. 
Savol. Kuchning qanday turlari mavjud?
Javob. Kuch namoyon qilishda kishining vazni ham rol o’ynaydi. Shunga ko’ra 
absolyut kuch va nisbiy kuch ham deb farqlanadi. 
20. 
Savol. Kuch sifati qanday mashqlar bilan rivojlantiriladi? 
Javob. Tashqi qarshiliklarni yengishga qaratilgan mashqlar va individning o’z 
tanasi og’irligini yengishga qaratilgan mashqlar orqali. 
21. 
Savol. Jismoniy fazilatlarni o’zaro aloqadorligi nimada? 
Javob. Jismoniy fazilatlarni aloqadorligi ularni o’zaro bir- birini to’ldirishidadir. 
22. 
Savol. Jismoniy madaniyatdagi moddiy boyliklarga nimalar kiradi?
Javob: Turli xil sport inshootlari (stadionlar, suv havzalari, sport zallari va 
boshqalar) maxsus jihozlar, uskunalar, mablag’lar, jamiyat a’zolarining jismoniy
barkamollik darajasi jismoniy madaniyatda moddiy boyliklarga kiradi.
23. 
Savol. Jismoniy madaniyatda ma’naviy boylik nimalardan iborat?
Javob: Ma’naviy boylik tarbiya tizimi yaratgan, shakllantirgan g’oyaviy, 
ilmiy, tashkiliy, amaliy va maxsus ilmiy yutuqlar hisoblanadi. 
24. 
Savol. Jismoniy tarbiya tizimi nima? 


87
Javob. Jismoniy tarbiya tizimi deganda jismoniy tarbiyaning prinsiplari 
(tamoyillari), vositalari, metodlari va uni tashkiliy shakllarining umumiyligi 
tushuniladi. 
25. 
Savol. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi qanday bo’g’inlarga 
bo’linadi? 
Javob: O’zbekistondagi jismoniy tarbiya tizimi quyidagi bo’g’inlarga bo’linadi:
maktabgacha ta’lim muassasalari jismoniy tarbiyasi
maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi: (umumiy o’rta ta’lim 1-9 sinflar)
o’rta maxsus kasb-ta’limi (akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari) o’quvchilari
jismoniy tarbiyasi
oliy ta’lim talabalari jismoniy tarbiyasi
harbiylik (armiya) davri jismoniy tarbiyasi
oliy ta’limdan va harbiy xizmatdan so’nggi havaskorlik asosidagi kattalar jismoniy 
tarbiyasi. 
26. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin