84
Taklif va
mulohazalar____________________________________________________________
_______________________________________________________________
Jismoniy tarbiya o’qituvchilari va talabalar bilishi zarur
bo’lgan muhum ma’lumotlar .
1.
Savol. Jismoniy tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
Javob: O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi shaxsni jismoniy kamolotga
erishtirish,ularni huquqiy demokratik davlatning faol ishtirokchilariga aylantirish,
ijodiy mehnatga hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iboratdir.
2. Savol. Jismoniy tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat?
Javob. a) Shaxs organizmini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatni har
tomonlama kamolga yetkazish, sog’lig’ini mustahkamlash va uzoq umr ko’rishini
ta’minlashga qaratilganligi;
b) Insonning hayotiy zaruriy harakat malakalarini va
ko’nikmalarini kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik
maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) Shaxsni har tomonlama jismonan rivojlantirish
va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabilardan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: