Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Yakuniy qism: 
4-5 min 
O’quvchilarning nafas


80
Qayta bir qatorga saflanish, maydon 
bo’ylab sekin yugurish, yurish mashqlarini 
bajartirish. Bir qatorga saflash, o’quvchilarni 
baxolash. Uyga vazifa berish, o’tilgan 
mashqlarni uyda takrorlashni aytib o’tish. 
O’quvchilarni zaldan chiqarib ketish. 
olishi va o’zini tutishini 
nazorat qilish. Uyga vazifa 
berishda o’quvchilarning 
shaxsiy xususiyatlarini 
inobatga olish. 
Yuqorida namuna sifatda berilgan jismoniy tarbiya darsining ishlanmasini 
o’qituvchi ijobiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ilg’or pedagogik 
texnologiyalar asosida yanada takomillashtirib borishi mumkin. Biroq bu 
belgilangan darsning samaradorligini oshirishi shart. 
Yana shuni qayd etib o’tish lozimki o’qituvchi har bir dars uchun yuqoridagi 
hajmda dars ishlanmasi yozsa buning uchun ortiqcha yozish, ko’p mehnat qilish, vaqtni 
yo’qotish deb bilishi mumkin. Buni inobatga olib quyidagi tavsiyalar beriladi: 
-o’qituvchida har bir sinf uchun kamida 4-5 ta kengaytirilgan mukammal dars 
ishlanmasi bo’lishi shart; 
-qolgan darslar uchun tuzilgan dars ishlanmasini qisqartirilgan holda tuzish ham 
mumkin; 
Dars ishlanmasini tuzishda ba’zi talablarga amal qilinadi. Jumladan, ishlanmaning 
qisqartirilgan shakli ham tushunarli bo’lishi kerak.Buning uchun quyidagilarga 
ahamiyat berish kerak: 
-o’qituvchi o’quv yili boshida har bir sinov uchun 10-12 ta URM kompleksini 
tuzishi kerak; 
-URM kompleksi bir-birini takrorlamasligi kerak; 
-URM kompleksi alohida jamlanadi
-dars ishlanmasi tuzishda URM darsning asosiy qismiga mos bo’lishi lozim; 
Ammo darsda berilgan URM kompleksi tshliq bajartirilishi nazarda tutilib, 
avvaldan tayyorlangan dars ishlanmasiga ilova qilib qo’yiladi. 
URM turli xil usullarda o’tkazilishi ham o’quvchilarda jismoniy tarbiya darslariga 
bo’lgan qiziqishini oshiradi va faollashtiradi. Shuning uchun har darsda turli xil URM 
mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.Umumrivojlantiruvchi mashqlar tuzishda 
albatta o’quvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi, maktab sharoiti va 
jihozlarning mavjudligi inobatga olinishi kerak. 
Mutaxassislar uchun Jismoniy tarbiya darslariga tayyorlanish, tashkil etish va 
o’tkazish bilan birga boshqa o’qituvchi tomonidan o’tilgan darsni pedagogik tahlil eta 
olish ham katta ahamiyatga ega. 
Shuni inobatga olgan holda quyida jismoniy tarbiya darslarini pedagogik tahlil 
etishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida ko’rsatmalar beriladi. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin