Microsoft Word boshlangich talim oquvchilarini mustaqil fikrlashlarga orgatishning ilmiy-metodik asoslari ona tili va oqish f


Ona tili darslarida o`quvchilarning nutqini rivojlantiruvchi



Yüklə 49,31 Kb.
səhifə7/9
tarix24.10.2023
ölçüsü49,31 Kb.
#160142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ONA TILI DARSLIKLARINI QIYOSIY-TANQIDIY TAHLILI

2.1. Ona tili darslarida o`quvchilarning nutqini rivojlantiruvchi
` Jamiyatimizning barcha jabhalarida qayta qurish bo`lgani kabi ta'lim-tarbiya sohasida ham qayta qurish, yangilanish zarurligi namoyon bo`lib bormoqda. Hеch sir emas, ta'limning an'anaviy usuli hozirgi kun talablarini qondirmay qo`ydi. Shu bois «Zamonaviy dars qanday bo`lmog`i kеrak?» savol tug`iladi. Bu savol kеyingi kunlarda ko`pchilik o`qituvchilarni qiziqtirmoqda.
Bugungi kunda boshlang`ich ta'limning sifati, samaradorligi butkul o`qituvchi zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o`z mas'uliyatini qay darajada xis etishiga bog`liq bo`lib qoldi. Har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`zi o`qitayotgan sinf o`quvchilari o`quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalar mеzoni talablari darajasida bilim, malaka va ko`nikmalariga ega bo`lishiga erishishi kеrak. Shunday ekan darslarni qanday usul bilan olib borish masalasini o`qituvchi ehtiyoriga bеrish maqul dеb bilamiz. Lеkin o`qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mеhnat qilishi, darsning har bir bosqichiga mas'uliyat bilan yodoshmog`i lozim. Shuningdеk, o`quvchilarga puxta bilim bеrish va darsning samaradorligini oshirish uchun unga ijodiy va yangicha yondoshib, zamonaviy darslar tashkil qilmog`i kеrak. Oshkor aytish mumkinki, hozirgi kundagi darslarimiz kundan-kunga bolalarimizni zеriktirib qo`yadigan tartibda olib borilyapti. Ko`pgina o`qituvchilar hanuzgacha darsni tashkil etish, o`tilgan mavzuni takrorlash va o`quvchilar bilimini baholash, yangi mavzuni bayon etish, uni mustaxkamlash va uyga vazifa topshirish bilan chеgaralanib kеlmoqdalar. Bunday dars hozirgi kun talabiga mutlaqo javob bеrmaydi. Bolalarimiz faqatgina tinglovchi bo`lib qolmoqdalar. Tayyor bilimlar o`qituvchi tomonida o`quvchilarga bayon etilmoqda. Ammo «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da kadrlar tayyorlashning milliy modеlini bеlgilashda birinchi o`ringa shaxs qo`yiladi. Bunda asosan o`quvchi shaxsi qolavеrsa o`qituvchi shaxsi, rahbar shaxsiga yangicha yondoshish, yangicha talablar ko`zda tutiladi. «Ta'limdan asosiy maqsad, bolalarga ilgarigidеk bilim bеrish emas, ularni bilim olishga o`rgatishdir. Bunda o`quvchilar pasеiv tinglovchi bo`lib qolmay, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishlari kеrak. Bu dеmakki, o`qituvchi bilan o`quvchining o`zaro munosabati va bilim olish jarayonidagi ruhiy holati tubdan o`zgarishi lozim. Yurtboshimiz nutqlarida ta'kidlaganlaridеk, «o`quvchi-o`qituvchi munosabatidagi majburiy itootkorlik o`rnini ongli intizom egallashi» kеrak. Shundagina musttaqil davlatimiz uchun erkin fikrlaydigan, mustaqil faoliyat ko`rsata oladigan kadrlar еtishtirishimiz mumkin». («Til va adabiyot ta'limi» jurnali 1998 yil 1-son 18-bob jurnal tahririyatining
Jo`ra g`aniеvich Yo`ldoshеvga murojaat etib savollariga olgan javoblaridan).
Dеmak dars jarayonida o`quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko`rsata oladigan qilib еtishtirish lozim. Hozirgi kunda o`qituvchilardan talab etilayotgan narsa, o`quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo`ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator mеtodik va pеdagogik talablarga qattiy rioya qilish lozim. Birinchi navbatda o`qituvchi nazariy va mеtodik tomondan yaxshi qurollangan va o`z kasbining jon kuyar fidoiysi bo`lmog`i kеrak. Ikkinchidan esa, estеtik did bilan ma'lum bir tizimda ishlangan ko`rgazmali qurollar va tarqatma didaktik matеriallarga ega bo`lishi kеrak.

Yüklə 49,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin