Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
uloqtirdim. — Bas, shuncha loy kechganim yetar. Boshqalarni ham yuborishsin! 
— Baqirma! Naryading bir haftalik! Lozim bo‘lsa tag‘in yuborishadi! — dedi Xadicha menga. 
Men esa xotirjamlik bilan: 
— Bormayman! — dedim qat’iy. 
Har galgidek hozir ham Xadicha birdan shashtidan tushib qoldi. 
— Xo‘p, mayli. Men boshliqlar bilan gaplashib ko‘raman, — dedi. 
U stoldan yo‘llanmani oldi. 
«Demak, bormaydigan bo‘ldimmi? — deya o‘yladim men. — Endi Asalni ham hech qachon 
ko‘rmaymanmi?» Battarroq qiynala boshladim. Negadir tezda o‘z hukmimdan qaytdim-da, yana 
uyoqqa borishga ahd qildim. Agar shunday qilmasam, keyin umr bo‘yi afsuslanib yurishim menga 
ayon bo‘ldi. «Mayli, nima bo‘lsa bo‘lsin, ammo boraman!..» 
— Mayli, buyoqqa ber! — deb yo‘llanmani tortib oldim. 
Tuynukchadan mo‘ralab turgan Jontoy piqillab kulib yubordi-da: 
— Ovuldagi buvimga salom aytib qo‘y! — dedi. Men hech narsa demadim. Tumpgug‘iga boplab 
tushirsang! Eshikni taraqlatib yopdim-da, yotoqqa ketdim. 
Ertasi yo‘lda ketayotib chor tarafga nazar tashlab, ko‘zlarim to‘rt bo‘ldi. Qani u? Qani endi, uning 
sarvnoz qomati ko‘rina qolsa. Qizil durrachali sarvqomatim! Ehtimol, rezina etik, otasining kamzulini 
kiyib olgan dersiz! Bekor gap! Men uning qanaqa ekanligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman! Uning 
nimasi meni rom etdi, qalbimni nega bunchalik o‘rtayapti? 
Tevarak-atrofga nazar tashlab bormoqdaman. Yo‘q, hech qaerda ko‘rinmaydi. Bu safar emas, 
turgan-bitgani azob bo‘ldi. Qani u, uni qanday topsam ekan? Ovulga yetdim, so‘ngra qishloq ko‘chasi 
bo‘ylab haydadim, uning hovlisiga yaqinlasharkanman, mashinani sekinlatib, oxiri to‘xtadim. Ehtimol, 
u uyidadir? Qanday chaqiraman, unga nima deyman? U bilan yana uchrashish menga nasib etmas 
ekan-da. Yukni olib borib tashlash uchun mashinaga gaz berdim. Yukni tushirishyapti-yu, ko‘nglimda 
hamon umid uchqunlari yonmoqda. Balki qaytishda uchratib qolarman? Biroq qaytishda ham 
uchratmadim. Shundan keyin mashinani ferma tomon burdim. Ularning ko‘hna fermasi anchagina 
chekkada, ovuldan uzoqda ekan. U yerga yetib kelib, bir qizdan so‘radim. U, Asal yo‘q, bugun ishga 
chiqmadi, dedi. «Demak, yo‘lda men bilan uchrashmaslik uchun atayin ishga chiqmagan», — deb 
o‘yladim-da, juda xafa bo‘lib ketdim. Avtobazaga g‘amgin bo‘lib qaytdim. 
Ikkinchi kuni yana yo‘lga chiqdim. Ammo endi uni uchratishni xayolimga ham keltirmasdim. 
Darvoqe, mening unga nima keragim bor? Agar qiz unashtirilgan bo‘lsa, uni bezovta qilishdan nima 
foyda? Ammo negadir bunday bo‘lishiga sira ishongim kelmasdi. Axir ovullarimizda hanuzgacha qiz 
bilan yigitni bir-biriga ko‘rsatmay, orqavoratdan fotiha qilib yuboraveradilar-ku! Bu hakda necha 
marta gazetalarda ham o‘qidim. Biroq yozgan bilan foydasi qancha? To‘ydan keyin nog‘ora 
chalishning foydasi yo‘q, fotihani buzib bo‘lmaydi. Unashtirilgandan keyin gap tamom. Fotihani 
buzish — xayrli ish emas, ikki yoshning turmushi buzildi, degan gap... Mana shunday o‘y-xayollar 
miyamda chuvalashib ketgandi... 
O‘sha kezlar ayni bahor chog‘i edi. Tog‘ etaklarida lolalar tovlanardi. Bolaligimdanoq men bu 
cho‘g‘dek qip-qizil gullarni sevardim, yalangoyoq chopqillab yurib quchoq-quchoq lola tersang-u unga 
keltirib bersang! Ammo qani endi u, topib ko‘rchi... 
Bir mahal, qarasam, Asal. Ko‘zlarimga ishongim kelmaydi! O‘tgan gal mashinam tiqilib qolgan 
joyning naq o‘zginasida bir chetda, xarsang tosh ustida o‘tiribdi. Birovni kutib o‘tirganga o‘xshaydi. U 
cho‘chib o‘rnidan turdi va sarosimaga tushib, boshidan durrasini yulqib oldi-yu, qo‘lida g‘ijimlay 
boshladi. Asal bu safar chiroyli ko‘ylak va tufli kiyib olgan edi. Yo‘l shunchalik olis bo‘lsa ham u 
poshnali tufli kiyib olibdi. Mashinani to‘xtatishga shoshildim. Yuragim esa taka-puka bo‘lib o‘ynardi. 
— Salom, Asal! 
— Salom, — dedi u sekingina. 
Men kabinaga o‘tirishga yordamlashmoqchi bo‘ldim, u burilib, yo‘l bo‘ylab asta yurib ketdi. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin