Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
48
— Do‘stim, senga nima bo‘ldi! Bu qanaqasi? — derdi u xafalanib g‘amgin ohangda qorong‘ilik 
orasidan. 
— Mashina... qattiq shikastlanibdimi? — dedim xirillab qon aralash tuflab. 
— Yo‘q, unchalik emas. Faqat borayotib zarb bilan surilib ketgan-u, ko‘ndalang bo‘lib qolgan, 
xolos. 
— Unday bo‘lsa hozir jo‘nab ketaman, yo‘lda turmayman! — deb o‘zimga itoat qilmay qo‘ygan 
qaltiroq qo‘llarim bilan motorni yurgizmoqchi bo‘lib startyorni bosishga urindim. 
— To‘xta! — deb u meni mahkam quchoqlab oldi. — Maynabozchilik yetar. Chiq bu yoqqa. Tong 
otguncha uxlab ol-chi, ertaga uyog‘ini yana ko‘rarmiz... 
U meni kabinadan tortib chiqardi. 
— Kamol, sen yo‘l tirband bo‘lib qolmasdan mashinani chekkaga chiqarib qo‘y, keyin nima 
bo‘lganini aniqlarmiz! — dedi u hamrohiga, o‘zi bo‘lsa qo‘llarimni bo‘yniga solib, qorong‘ida 
qayoqqadir yetakladi. Biz uzoq yurdik, u odam meni jimgina yetaklab borar-di, men iloji boricha o‘zim 
yurishga harakat qilardim, biroq tezda toliqib qolaverdim, shunda u odam yana qo‘ltig‘imga kirib 
yetaklashda davom etardi. Shu yo‘sinda biz allaqanday xonadonga yetib keldik. Boyagi kishi 
qo‘ltig‘imdan tutib turib, uyga kirishimga yordamlashdi. Kiraverishdagi xonada kerosin chiroq yonib 
turardi. U kishi meni taburetkaga o‘tqazib, ustimdan kalta po‘stinimni yecha boshladi. Shundagina men 
uning yuziga qaradim. Uni tanidim. Bu yo‘l tuzatuvchi usta, dovonda mashinani shatakka olganimda 
uchrashgan o‘sha Boytemir edi. Men juda uyalib ketdim, lekin shunga qaramay, sevindim ham, endi 
uzr so‘rab, tashakkur izhor etmoqchi bo‘lib og‘iz juftlagan ham edimki, shu payt polga bir nima 
taraqlab tushdi. Men qayrilib qaradim va yelkalarimdan ulkan tosh bosib turgandek o‘rnimdan xiyol 
ko‘tarildim. Ostonada, sochilib yotgan o‘tinlar oldida toshdek serrayib qotib qolgan Asal turardi. 
— Bu nimasi? — deb pichirladi u. «Asal!» — deb qichqirib yuborishimga sal qoldi, ammo uning 
yaqinlashmay, begona qiyofada tikilib turganidan og‘iz ocholmay qoldim. Uyat va nomusdan o‘t 
bo‘lib yonib, boshimni quyi soldim. Xonaga bir zum yurakni yorib yuborgudek og‘ir sukunat cho‘kdi. 
Agar Boytemir bo‘lmaganida, bilmadim, nima bo‘lardi. U hech narsa bo‘lmagandek bamaylixotir meni 
o‘rnimga o‘tqazdi. 
— Hech narsa bo‘lgani yo‘q, Asal, — dedi u xotirjamgina. — Shofyor bir ozgina shikastlanibdi, 
tuzalib ketadi... Sen, yaxshisi, yod bersang bo‘lardi bizga... 
— Yod? — endi uning ovozi o‘z holiga qaytgan, mayinlashgan va tashvishli edi. — Yodni 
qo‘shnilar olib ketishgan edi... Hozir olib chiqaman! — deya Asal es-hushini yig‘ib oldi-da, yugurib 
tashqariga chiqib ketdi. 
Men qimir etmay, lablarimni tishlaganimcha o‘tirardim. Kayfim tarqab, bir zumda hushimga kelib 
qoldim... Endi chakka tomirlarim lo‘qillab ura boshladi. 
— Avval yuvish kerak, — dedi Boytemir peshonamdagi shilingan joylarni ko‘zdan kechirarkan, 
keyin chelakni ko‘tarib tashqariga chiqib ketdi. Qo‘shni xonadan ko‘ylakchan, yalangoyoq, besh 
yoshlar chamasidagi bir bola mo‘ralab qarardi. U yotgan joyidan turib kelgan bo‘lsa kerak, katta-katta 
sinchkov ko‘zlari bilan menga termilib boqardi. Men uni darhol tanidim. Qanday taniganimni o‘zim 
ham bilmayman, har qalay, o‘g‘lim ekanini sezdim, qalbim sezdi buni. 
— Samad! — deb shivirladim kutilmagan uchrashuvdan ovozim bo‘g‘ilib va unga qarab intildim. 
Shu payt ostonada Boytemir paydo bo‘ddi, men uni ko‘rib, negadir bir cho‘chib tushdim. Chamasi, 
o‘g‘limning otini atab chaqirganimni eshitib qolgan bo‘lsa kerak. Xuddi o‘g‘irlik ustida qo‘lga 
tushgandek, o‘zimni juda noqulay seza boshladim. Xijolat tortayotganimni sezdirmaslikka intilib
peshonamdagi shilingan yerni qo‘lim bilan bekitganimcha: 
— Bu sizning o‘g‘lingizmi? — deb so‘radim. Nega shunaqa deb savol berdim-a? Bu xatoim uchun 
o‘zimni hozirgacha kechira olmayman. 
— Mening o‘g‘lim! — dedi mezbonga xos xushmuomalalik bilan Boytemir. U qo‘lidagi chelakni 
polga qo‘ydi-da, Samadni ko‘tarib oldi. — Mening o‘g‘lim, albatta, o‘z o‘g‘lim, shunday emasmi, 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin