Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
yuziga keltirib urar edi. Ko‘l esa chayqalib to‘lg‘anardi. Men yotoqxonaga zo‘r-bazo‘r yetib oldimu 
yechinib o‘tirmasdan o‘zimni karavotga tashladim. 
Ertalab boshimni ko‘tara olmasdim, sirqirab rg‘rirdi. Tashqarida yurakni siquvchi qor aralash 
yomg‘ir shivalab yog‘ardi. Ishga borishga hafsalam kelmay, uch soatlar chamasi ag‘anab yotdim. 
Bunday hodisa, ya’ni hattoki, ishning ham ko‘nglimga xush kelmayotganligi hayotimda birinchi marta 
sodir bo‘layotgan edi. Ammo keyin o‘zimdan o‘zim uyalib ketdimu yo‘lga chiqdim. 
Mashina majoli qurigandek imillab borardi, to‘g‘rirog‘i, o‘zimning tabiatim xira edi. Buning 
ustiga, havo ham aynagan edi. Qarshimdan kabinalari va bortlari qorga botgan mashinalar chiqib 
turardi. Demak, dovonda qor yog‘ayotgan ekan. Mayli, yog‘sa yog‘aversin, menga nima, bo‘ron turib 
bermaydimi, menga baribir, nimadan qo‘rqaman, nima bo‘lsa bo‘lar... 
Avzoyim juda buzuq edi. Tepamda turgan ko‘zguchaga qarab ko‘nglim aynab ketdi: soqol-
mo‘ylovim o‘sib ketgan, xuddi kasaldan turgandek yuzlarim so‘lg‘in, qovog‘im shishgan edi. Yo‘lda 
bir oz tamaddi qilib olsam bo‘lardi, ertalabdan beri tuz totganim yo‘q, ammo ovqatga ishtaham yo‘q 
bo‘lsa ham ichishdan qochmasdim. O‘zingga bir marta erk berdingmi, bas, keyin to‘xtatib olish qiyin. 
Birinchi stakandan so‘ng ancha tetiklanib, o‘zimga keldim. Mashina ham yengil yurib borayotgandek 
bo‘ldi. Keyin yana yo‘lda yugurib kirib yuz gramm ichib chiqdim, keyinroq buning ustiga yana ozroq 
otib oldim. Yo‘l g‘irillab ortda qolib borar, oyna tozalovchi cho‘tkalar u yokdan bu yoqqa borib 
kelardi. Mashina bilan jangga kirib borayotgandek egilib olib, og‘zimdagi sigaretani chaynardim. 
Qarshidan kelib, kabina oynalariga ko‘lmak suvlarni sachratib, g‘izillab o‘tib ketayotgan 
mashinalarnigina ko‘rardim, xolos. Men ham tezlikni oshira bordim, kech kirib qolgan, toqqa 
kelganimda zim-ziyo tun edi. Mana shu yerga kelganimda aroq o‘z kuchini ko‘rsata boshladi. Madorim 
qurib, ko‘zim tinib, yo‘lni ko‘rish tobora qiyinlasha bordi. Kabina ichida dimiqib ketdim, ko‘nglim 
ayniy boshladi. Hali hech qachon bunchalik mast bo‘lmagan edim. Yuzimdan sharros ter quyilardi. 
O‘zimni mashinada emas, go‘yo olg‘a tomon shiddat bilan tun bag‘rini yorib borayotgan ikkala chiroq 
nurlari o‘rtasida o‘tirib ketayotgandek his qilardim. Nurlar bilan birgama-birga men ham goh yorug‘lik 
tushib turgan chuqurlikka zarb bilan otilib tushar, goh titrab-qaltirab qoyalar ustida o‘rmalovchi 
nurlarga tirmashib yuqoriga ko‘tarilar, goh nurlar ketidan quvlab u yoqdan bu yoqqa yugurayotgandek 
bo‘lardim. Har daqiqa sayin holdan toyib boraverdim. Biroq har qancha og‘ir bo‘lsa ham 
to‘xtamasdim, chunki ruldan qo‘limni uzdimmi, bas, mashinani endi boshqara olmasligimga aqlim 
yetib turardi. O‘sha paytda dovonning qaerida borayotganimni aniq eslayolmayman. Oh, Do‘lan, 
Do‘lan, Tyan-Shanning haybatli beli! Senda yurish bunchalar mushkul! Ayniqsa tunda, yana men 
singari kayfi oshgan shofyor uchun! 
Mashina allaqanday balandlikka zo‘r-bazo‘r ko‘tarildi-yu, birdaniga pastlikka, tog‘ etagiga qarab 
sho‘ng‘idi. Ko‘z o‘ngimda tun gir-gir aylanib, hammayoq ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Qo‘llarim endi 
menga itoat qilmay qo‘ygandi, rul chambaragidan sirg‘alib tushar, tezlik richagini tuta olmas edi. 
Borgan sari mashinaning tezligi oshib, pastga tomon uchib borardi. So‘ng allanimaga urildi shekilli, 
taraqa-turuq, sharaqlagan ovozlar eshitildi. Chiroqlar o‘chib, ko‘z o‘ngimni zim-ziyo qorong‘ilik 
bosdi. Qalbimning allaqaerida: «Mana, avariyaga ham uchrading!» — degan fikr yalt etib ketdi. 
Shu ko‘yda qancha vaqt yotganligimni bilmayman. Bir payt qulog‘imga paxta tiqib qo‘yilgandek 
bir ovoz arang eshitildi. «Qani, yorit-chi!» Kimningdir qo‘llari yelkamni, boshimni va ko‘kragimni 
paypaslab ko‘rdi. «Tirik, ammo o‘lardek mast», — dedi o‘sha ovoz. Boshqasi esa: «Yo‘lni bo‘shatish 
kerak», — dedi unga. 
— Qani, do‘stim, sal suril-chi, rulni menga ber, mashinani chetga olaylik! — haligi qo‘l yelkamga 
sekingina turtardi. 
Men ingrab, ruldan zo‘rg‘a boshimni ko‘tardim. Peshonamdan qon oqardi. Ko‘kragim ezilib 
shikastlangan ekan, qaddimni ko‘tarishga yo‘l qo‘ymasdi. Tepamdagi kishi gugurt chaqib, yuzimga 
qaradi. So‘ngra yana ikkinchi marta gugurt chaqib, yana tikildi-da, qo‘ng‘ir mo‘ylovlari ostidan 
hayratlanib jilmaydi. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin