Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
e’tiborli odamsan. Ko‘p narsa sening o‘zingga bog‘liq. Mas’uliyating ham katta. O’ylab ko‘r. O’ylaganda 
ham atroflicha o‘yla. Endi mening gapimga quloq sol. Biz bugun xuftonda Orenburgga, yangichasiga 
Chkalov shahriga kelamiz. U yerda bizni kutib o‘tirishibdi. Bu biz boradigan joylardan birinchisi, u 
yerda sen bilgan ikki odam bor — biri Popov Aleksandr Ivanovich, ikkinchisi Sayfullin hamid degan 
tatar. Hozir ikkalasi ham qamoqda. Ular sen bergan ma’lumotlar asosida qamalishgan. Ikkalasi ham 
Bavariyada sen bilan asirda bo‘lishganini, keyin birgalashib qochishganini tan olishyapti. Qochishning 
o‘zi ham hamon sirli — nima uchun tosh konidan faqat senlarning brigada qochib chiqqan, boshqalar 
qochgan emas, buni ham biz yaxshilab tekshiramiz. Keyin esa Yugoslaviyada yurgansanlar, ikkalasi 
ham o‘sha yerda Angliyaning maxsus harbiylari bilan yo‘liqishganlarini bo‘yniga olishyapti. Gap nima 
to‘g‘rida ketayotganini yaxshi tushunib turibsan. Bu haqda sen o‘z esdaliklaringda yozgansan. 
Esdaliklaring ham g‘alati yozilgan. Bizga besh qo‘lday aniq bo‘lib qoldi: Popov senlarning 
rezidentlaring, Sayfullin esa uning o‘ng qo‘li bo‘lgan, biron kor-hol bo‘lib qolguday bo‘lsa, rezidentlikni 
qo‘liga oladigan odam. Sen, Quttiboev josuslikda birinchi safdagi odamlardan emassan, tergovga 
yordam bersang, ishing yana ham yengillashadi. 
— Qanday josus ekan?! Men ularni qirq beshinchi yildan, urush tugagandan buyon ko‘rgan 
emasman, — deb Tansiqboevning so‘zini bo‘ldi Abutalip. 
— Buning ahamiyati yo‘q. Ko‘rmagan bo‘lsang bordir. Shaxsan ko‘rishish, yuzma-yuz uchrashish 
shart emas. Senlarni bog‘lab turgan odam bo‘lgan. Aytaylik, o‘sha haqiqatgo‘y Yedigey Jangeldin 
Orenburgga yoki biron joyga bormadi deysanmi? Shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin — senlar kimdir 
orqali aloqa qilib turgansanlar. Oldin yaxshilab o‘ylab ko‘r. 
— O’sha Yedigey o‘zining qoranor tuyasiga minib olib Orenburgga borib kelib turgan desam 
bo‘ladimi? — dedi Abutalip tutaqib. 
— Bunaqa gaplarni qo‘ysangchi, Quttiboev. Aks javob ber-ganing o‘zingga zarar. Men senga 
yaxshi gapiryapman, sen bo‘lsang gapni boshqa tomonga burasan. Qarshilik qilsang, beling sinadi. 
Yedigeydan xotiring jam bo‘lsin. Kerak bo‘lsa, uni ham, hatto tuyasi bilan birgalikda qamaymiz. Agar 
unga tegishma-sin desang, haligilar bilan yuzlashtirganda gapni olib qochma. 
Parovoz oldinda qarshi kelayotgan poezdni ko‘rib o‘kirib uzoq signal berib o‘tdi. Parovozning 
qichqirig‘i Abutalipning yuragini qontalash qilganday bo‘ldi. Bo‘ronli bekati yaqin qolgan edi. 
Lochinko‘z tergovchining gaplari Abutalipning yuragiga g‘ulg‘ula solardi. Bunday kuchning qo‘lidan har 
balo keladi. Lekin hozir Abutalipni qiynagan narsa bu emas, balki Tansiqboevning haddan ortiq 
so‘zamolligi edi, u hali-beri so‘roqni tugatadigan ko‘rinmaydi. 
— Gap shunday, — deb so‘z boshladi Tansiqboev, oldidagi qog‘ozlarni nariroqqa surib qo‘yib, 
Abutalipga tikilar ekan. — Men ikkalamiz til topamiz deb ishonaman. Sening bundan boshqa yo‘ling 
ham yo‘q, Orenburgda bo‘ladigan yuzlashtirish bosh masalani hal qiladi — yoki sen menga 
yordamlashib, ikkalamiz bir ish qilamiz, yoki men qo‘limdan kelganini qilaman, keyin qilgan ishingdan 
pushaymon bo‘lasan — yigirma besh yil olasan yoki otilasan. Bu ishning qaerga borishiga aqling 
yetadimi o‘zi?! Biz Titoning naq o‘ziga yetib boramiz. Senlar shuncha yil yashirin xizmat qilib kelgan 
Tito haqida so‘z borayotir. Bu protsessni Iosif Vissarionovichning o‘zlari nazorat qilib turibdilar. Hech 
kim jazosiz qolmaydi, hammasining ildizini quritamiz. Shuning uchun, Quttiboev, men senga yomonlik 
sog‘inmayman, shunga rahmat de. Sen ham mening yo‘rig‘imga yurgin. Nima demoqchi bo‘lganimni 
tushunyapsanmi? 
Abutalip g‘ing demadi-yu, badani jimirlab ketdi, ichida Bo‘ronliga necha daqiqalik yo‘l qolganini 
hisob-kitob qildi. Derazadan bo‘lsa ham bola-chaqalarimni ko‘rib qolarmikinman deb edi, endi bo‘lmas 
ekan. Bu fikr uning butun vujudini zirqiratdi. 
— Nega miq etmaysan? Sendan so‘rayapman, gap nima haqida ketayotganini tushunyapsanmi 
o‘zi? — dedi Tansiqboev. Abutalip kallasini irg‘adi. U Tansiqboevning nima demoqchi bo‘layotganini 
tushunib yetgan edi.— Mana bu boshqa gap, allaqachon shunday qilish kerak edi? — dedi 
Tansiqboev va Abutalipning kallasini irg‘aganining hamma shartlarga ko‘ngani deb tushunib, u 
o‘rnidan turib Abutalipga yaqin keldi va hatto uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. — Men sening aqlli yigit 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin