Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
kommunizmning tantanasi sari qadam tashlayotirmiz: bu zamon jilovini qo‘lida tutib turgan bizning 
dono dohiymiz, tushunib turibsiz, karvon boshimiz bizning qimmatli Iosif Vissarionovichdir! Va biz 
unga ergashamiz, u karvonni boshlab ketayotir, biz esa uning ortidan borayotirmiz, bir yo‘ldan. 
Bizdan boshqacha o‘ylaydigan biron kishi yoki kallasida biznikidan boshqa g‘oyalarni ko‘tarib yurgan 
hech bir kimsa temir Dzerjinskiy bizga vasiyat qilib ketgan jazokor chekist qilichidan qutulib 
ketaolmaydi. Tushunib turibsiz, Biz dushmanlarga oxirigacha urush e’lon qilganmiz. Ularning nasl-
nasabi, oilalari va ularga xayrixoh unsurlar proletar ishi yo‘lida, kuzda xazonrezgini bir joyga to‘plab 
yoqqanday qirib tashlanadi. Chunki mafkura faqat bitta bo‘lmog‘i kerak, tushunib turibsiz, boshqa 
mafkura bo‘lishi mumkin emas. Mana biz siz bilan yerni mafkuraviy dushmanlardan, burjua va 
boshqalardan tozalayapmiz, dushman qaerga yashirinmasin, qanchalik ayyorlik qilmasin, unga 
shafqat yo‘q. O’rtoq Stalin bizga ta’lim berganidek, tushunib turibsiz, sinfiy dushmanni hamma joyda 
fosh qilish, dushman agenturasini ochib tashlash, dushmanni yer bilan yakson qilish, xalq 
ommasining ruhini mustahkamlash — bizning shiorimiz ana shu; men taqdirlangan, menga 
muddatidan oldin unvon berilgan kunda bundan buyon ham Stalin ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay 
boraveraman, dushman jinoiy niyatlarini fosh qilaveraman deb qasam ichaman, ana shunday 
kirdikorlari uchun dushman albatta qattiq jazo olajak. Tushunasizmi, bosh millatchilarni biz 
zararsizlantirdik, lekin institutlarda, muharririyatlarda ularning hamfikrlari yashirinib olishgan. Biroq 
ular ham bizdan qochib qutula olmaydi va ularga hech qanday shafqat bo‘lmaydi. Bir marta so‘roq 
paytida bir millatchi menga «baribir sizning tarixingiz boshi berk ko‘chaga kirib qoladi, va sizlar 
shaytonga o‘xshab tavqi la’natga qolasizlar» desa bo‘ladimi! 
Tushundingizmi?! 
— Bunaqani o‘sha joyida otib tashlash kerak edi!— o‘zini to‘xtata olmay dedi Tansiqboev va jahli 
chiqqanidan o‘rnidan turib ketdi. 
— To‘g‘ri, mayor, men ham xuddi shunday qilgan bo‘lur edim, — uning fikrini quvvatlab dedi 
kenja polkovnik, — lekin tergov uchun u hali kerak edi va men, tushunib turibsiz, unga: biz boshi 
berk ko‘chaga kirib qolmasdan oldinoq sen o‘lib ketasan, ablah, dedim. It huradi, Stalinning karvoni 
o‘taveradi. O’sha manfur millatchiga qaqshatqich zarbani ma’qullab hamma birdan kulib qarsak chalib 
yuborishdi, hamma barovariga o‘rnidan turib, qadah ushlagan qo‘llarini cho‘zishdi. Dasturxon atrofida 
o‘tirganlar yoppasiga «Stalin uchun» deb qadah ko‘tarib birvarakayiga ichib yuborishdi. Bo‘shagan 
qadahlarni bir-birlariga to‘ntarib ko‘rsatar ekanlar, bu bilan ular aytilgan so‘zlarning samimiy ekanligini 
va o‘zlarining bu so‘zlarga sodiq ekanliklarini isbotlagan bo‘ldilar. 
Shundan keyin bu fikrni qo‘llab quvvatlab qancha qo‘shimchalar, qadahlar aytildi. Bu so‘zlar bir-
birlariga qo‘shilib, borgan sari ko‘payib, yig‘ilganlarning tepasida talay vaqtgacha aylanib yurar ekan, 
zaharga to‘la yovvoyi arilar galasi singari yashirin g‘azab va qahr tashir edi. 
Tansiqboevning dilida esa po‘rtana o‘ynab fikrlarini qo‘zg‘ab yubordi, uning o‘z qat’iyatligi to‘g‘ri 
ekanligini yana bir bor isbotladi, gap ziyofatda, tesha tegmagan mulohazalar aytilganida emas, 
aksincha, o‘zining hayoti hamda ko‘p sonli xizmatdoshlarining hayoti, qolaversa tevarak-atrofdagi 
doiralar hayoti uzluksiz xezlashlar, shiddatli sinfiy kurash oqimida davom etar va shu ma’noda kurash 
mutlaq o‘rinli deb hisoblanar edi. Lekin bu asnoda maxfiy bir muammo bor edi. Kurashni mudom 
jo‘shga keltirish uchun yangidan yangi muxoliflar, raqiblar, fosh qilinishi lozim bo‘lgan oqimlar kerak 
edi; shu borada ko‘p narsalar, hatto butun-butun xalqlarni Sibir hamda O’rta Osiyoga o‘lim bilan 
barobar surgun qilishgacha bo‘lgan barcha usullar sinovdan o‘tgan, nihoyasiga yetkazilgan edi; shu 
ma’noda chekka milliy o‘lkalarda o‘z vaqtida ish bergan eski usul — burjua feodal millatchilikda 
ayblash yo‘li bilan dalalardan «yalpi hosil» olish borgan sayin qiyin bo‘la bordi. Biron kishining 
mafkuraviy jihatdan shubhali ekanligi haqida arzimas «yumaloq» xat keldi deguncha o‘sha kishi bilan 
birga qarindosh-urug‘lari jazoga mustahiq etilaverilgandan keyin odamlar usta bo‘lib ketishdi — 
millatchilikda ayblashga olib keladigan so‘zlarni gapirmaydigan, yozmaydigan bo‘lib qolishdi. Aksincha, 
ko‘plar shu qadar ehtiyotkor, bir cho‘qib yetti qaraydigan bo‘lib ketishdiki, har qanday milliy 
qadriyatlarni baralla inkor etishga, hatto ona tilidan voz kechishgacha bordilar. Men faqat Lenin tilida 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin