Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə231/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
* * * 
O‘z hujramga kirdim. U yerda ham yig‘lar, ham kular edim. Shu qadar shovqin ko‘tar-
dimki, doktor o‘z hujrasidan devorimni dukullatib: 
— Hoy qiz, uyni yiqitasan, bu qanaqa shovqin! — dedi. — G‘iybatchi qo‘shnilar men-
dan ko‘rishadi. Kelinchakni ertalabgacha baqirtirib chiqdi deyishadi-ya! 
Lekin doktorning o‘zi ham mendan kam shovqin ko‘tarmas, hujrasida aylanib yurib, 
nuqul: 
— Bu oxir zamon qizlaridan nomusimizni, iffatimizni o‘zing asra, o‘zingga omonat, e 
xudo! — deb baqirishini qo‘ymas edi. 
Shu kecha u o‘z hujrasida, men ham o‘z hujramda o‘n martacha uyg‘ongandirmiz. De-
vorni dupurlatishib, xo‘roz singari chaqirishar, qush singari sayrashar, baqa singari 
qurullashar, bir-birimizga tinchlik bermay g‘udurlashardik. 
* * * 
Kelinchaklik kechamning butun hikoyasi ana shundan iborat. 
Boyoqish doktorim, shu qadar pok vijdonli, toza qalbli odam ediki, xo‘jako‘rsinga uy-
lanayotganimizni bundoq shipshitib ham qo‘ymabdi. Men esam, voy xudo, uning oldida 
yengiltak nozanin ekanman! Olijanob do‘stligimizda u erkakligini unutgan bo‘lsa ham, 
men xotin kishiligimni unutmabman. 
Erkaklarning ko‘pchiligi juda yomon, bag‘ritosh bo‘ladi, bunisi haqiqat. Xotinlarning 
esa hammasi yaxshi, bag‘ri yumshoq bo‘ladi, bunisi ham haqiqat. Lekin erkaklar orasida 
yaxshi niyatli, toza yuraklilari bor, juda oz bo‘lsa hamki, harholda bor. Bunday erkaklar-
dagi qalb pokligini xotinlardan topib bo‘lmaydi”. 

Farida o‘sha kecha tongotar paytidagina uyquga toldi. Kechqurungidan yana ham 
horg‘in, yana ham ezgin bir holda uyg‘onganda, quyosh ancha ko‘tarilib, soat o‘n birdan 
oshgan edi. Maktabga kech qolgan bolalar singari shoshib-pishib o‘rnidan turdi. 
— Yashavor, Mujgon! Yo‘lga chiqadigan kunimda barvaqtroq uyg‘otib qo‘ysang nima 
qilardi? 
Mujgon har kungi sovuqqonligi bilan: 
— Bir necha marta uyingga kirdim, qarasam, shirin uxlab yotibsan, ko‘zim qiymadi. 
Qo‘rqma, hali uncha kech emas. Innaykeyin, kemaning bo‘lishi ham dargumon emish. 
Dengiz quturib yotibdi, — dedi.
— Nima bo‘lsa ham albatta ketishim kerak.
— Men ham otamga aytdim, sening g‘amingni yeb, limanga tushib ketdi. Tayyor bo‘lib 
tursin, kema kelsa yo izvosh yuboraman, yo bo‘lmasa o‘zim kelib olib ketaman, dedi.. 
Farida jo‘nash kunini bunday bo‘lar, deb o‘ylamagan edi. Mujgonning bolalar bilan 
ovora bo‘lganini, xolalarining har kungiday bemalol gaplashib, kulishib o‘tirishganini 
ko‘rdi. Ularning beparvoligi Faridani o‘ksitdi. Komron ham ko‘rinmaydi. 
Mujgon pinhona qilib, Faridaning qulog‘iga shipshidi: 
— Farida, senga bitta yaxshilik qildim: Komronni uydan xoliroqqa chiqarib yubordim. 
Seni xayrlashishda azob chekmasin, deb o‘zini chetroqda olib turishga rozi bo‘ldi. 
— Endi kelmaydimi? 
— Limanga xayrlashgani kelsa ajab emas. Qalay, yaxshi qilibmanmi? 
Faridaning ko‘zlariga mung cho‘kdi, lablari titray boshladi. Chakkasida og‘riq turdi. 
Og‘riyotgan yerini barmog‘i bilan bosib: 
— Ha, ha, rahmat, juda yaxshi qilibsan, — dedi.


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin