Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə95/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
shladi. Zinapoya taxtalari sekin-sekin g‘ijirlar, dahlizda odamlar pichirlashayotganday 
sirli ovozlar eshitilardi. 
Choliqushi, bo‘ldi, yot endi. Yarim kechada yashirin so‘ylashgan bu ovozlardan 
qo‘rqma. Bular qanchalik zolim bo‘lishmasin, sariq gullarning yetim xola qiziga qilgan ja-
bru jafolaridan ortiq yomonlik qilishmaydi senga. 
* * * 
Zay-ni-lar, 20 no-yabr. 
Bugun ertalab hisoblab ko‘rdim. Zaynilarga kelganimga nari-berisi bilan bir oy bo‘lib-
di. Bu bir oy menga hozir o‘n yildan ham ortiq ko‘rindi. Shu kunga qadar daftarimga bi-
ron narsa yozgim kelmadi. To‘g‘rirog‘i, yozishdan qo‘rqdim. 
Dastlabki kunlarda yuragim hasrat va alam bilan to‘liq edi, kim biladi, qanday bema’ni 
narsalarni yozib yuborishim mumkin edi. Mana endi bu yerga ko‘nika boshladim. Aleksi 
opaning og‘zidan tushmaydigan bir gapi bor edi: “Qizlarim, umidsiz kasalliklarning, tabi-
iy falokatlarning birgina dorisi bor: chidash va bo‘ysunish... G‘am-alamlarda yashirin 
shafqat bor. Shikoyat qilmaganlarni, o‘zlarini ochiq chehra bilan qarshilaganlarni kamroq 
azoblaydi”, — deyardi. 
Choliqushi bu so‘zlarni har doim kulimsirab eshitardi. Mana endi ularni to‘g‘ri deb bila-
di, kulishga jasorat ham qilolmaydi. 
Zaynilarda o‘tgan mana shu bir oy ichida shunday damlar bo‘ldiki, butun umidsizlikka 
chulg‘andim. “Behuda urinma! Endi u yog‘iga chiday olmaysan!” deyar edim o‘zimga. 
Ana shunday damlarda Aleksi opning payg‘ambarona so‘zlari menga yordam berardi. 
Yuragim qon yig‘lab tursa ham kular, ashula aytar, hushtak chala boshlar edim. Shun-
dayki, qalbim, nihoyat, bu kayfiyatning yolg‘onligiga ishonar, suvga tushgan gullar kabi 
titray-titray tirila boshlar edi. 
Keyin atrofimdagi narsalardan tasalli qidirishga tutindim. Qo‘limga kirgan yangi yap-
roqni betlarimga, lablarimga surtar, bog‘dan topib olgan nimjon mushuk bolasini 
ko‘ksimga bosar, nafaslarim bilan isitar edim. Juda bo‘lmay ketgandan keyin o‘z-o‘zimga 
“Ko‘nglingni cho‘ktirma, Farida! O‘zingni qo‘lga ol. Bilasanki, hayotda kulib turuvchi 
yuzingdan, yuragingdan, jasoratingdan boshqa hech narsang qolmagan!” deyardim. Bu 
xushchaqchaqlik yasama, o‘tkinchi bir narsa ekanligi ma’lum. Mayli! Shunday ham 
bo‘lsin. Yopiq yerto‘laga kirgan bir parcha nur, yiqiq devor toshlari orasida ungan zaif bir 
gul, har nima bo‘lganda ham hayot alomati, inson tasallisidir. 
Bugun juma, maktab yopiq. Bir necha kundan beri tinmay yog‘ayotgan yomg‘ir to‘xta-
di. Tashqarida kuz o‘zining so‘nggi ayriliq bayramini o‘tkazyapti. Uzoqdagi qator-qator 
tog‘lar, qamishzorlardagi suvlar quyoshga kulib boqishayotgandek ko‘rinardi. Sarvi da-
raxtlari, mozor toshlari ham vahimali manzaralarini yo‘qotgandek edi. O‘zimning qalbim-
ga qarayman. Men endi hamma narsaga ko‘nikib qolgan, hatto bu johil, dilxun qishloqqa 
bir oz o‘rgana, uni seva boshlagan edim. 
* * * 
Kelgan kunimning ertasiga ertalab dars boshladim. Mana shu birinchi kun hayotim-
ning eng unutilmas kuni bo‘lib qoladi. 
Maorif mudirining zo‘r fidokorliklar evaziga yangilagan darsxonasiga ertalab tuzukroq 
razm solib qaradim. Bu yer ilgari molxona bo‘lganga o‘xshaydi. Faqat bunga pol qilishib-
di, derazalarini kengaytirib, ko‘zlariga oyna solishibdi. 
Mo‘ri isiday qop-qora ko‘ringan devor qog‘ozlarida usti ostiga qilib qoqilgan bitta xari-
ta, bitta skelet chizmasi, bitta dehqon fermasi va ilon rasmi solingan suratlar osilib tu-
rardi. Maorif mudiri aytgan yangi dars qurollari harholda shular bo‘lsa kerak. 
Sinfning bog‘ tarafidagi devorida molxona vaqtidan qolgan oxur turibdi; buni olib ta-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin