Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
chiqadi. So’ngra Iroq bilan Shom o’rtasidagi Hijozga boradi. Bu mal’un, uzoq masofalarni
tezlik bilan bosib o’tishda, yerni tez suratda aylanib chiqshida g’ayri oddiy qudratga ega.
Shuning uchun unga "Dajjol" deb nom berilgan. Dajjol so’zining lug’aviy ma’nolaridan
biri "Yerni kesib o’tuvchi" deganidir. U yer yuzini xachirga o’xshaydigan, dumsiz
eshagiga minib aylanib chiqadi. Avvalgi sahifalarda aytib o’tganimizdek,
eshagining ikki
qulog’i orasi qirq ziro’ keladi. Dajjol yomg’irli bulutni harakatlantirgan shamol kabi, yer
yuzida juda tez harakat qiladi. Bu ham Allohning bandalariga yuboradigan
sinovlardandir. Ba’zi
hadislarda zikr qilinishicha, uning eshagi bosgan har bir qadam bir
yilga teng kelar ekan. Eshak biror tekislik, do’nglik va chuqrlikni qoldirmay
hammasini
bosib o’tadi.
Dostları ilə paylaş: