www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Beshinchi hadis. Abu Ka’b aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlarida Dajjol
tilga olindi (yoki Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolni esga oldilar), so’ng u zot
dedilar: "Ko’zlarining biri yashil shishaga o’xshaydi Allohdan qabr azobidan panoh
berishini so’raymiz".
Oltinchi hadis. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam aytdilar: "Dajjol mashriqdan, Хuroson degan yerdan chiqadi. Yuzlari teri
qoplangan sovutga o’xshaydigan guruhlar unga ergashadi".
Yettinchi hadis. Said ibn Jumhon Safniyadan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi
va sallam bizga xutba o’qib, shunday dedilar: Har bir nabiy ummatini Dajjoldan
ogohlantargan. Ogoh bo’linglar, uning chap ko’zi g’ilay. O’ng ko’zining ustida ortiqcha eti
bor. Ikki ko’zining o’rtasida "kofir" deb yozilgan. U bilan ikki vodiy chiqadi. Biri jannat,
boshqasi do’zax. Aslida, uning do’zaxi jannat, jannati do’zax bo’ladi. Dajjol odamlarga:
"Men sizlarning rabbingiz emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deydi. U bilan ikki
farishta bo’lib, ular ikkita payg’ambarga o’xshaydilar. Men u payg’ambarlarning ismini,
otalarining ismini ham bilaman. Хohlasam, ularning ismini aytishim mumkin. Biri
Dajjolning o’ng tomonida, boshqasi chap tomonida bo’ladi. U: "Men sizlarning rabbingiz
emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deganida, farishtalardan biri aytadi: "Yolg’on
aygding". Lekin sherigidan boshqa bironta inson uning (gapini) eshitmaydi. Ikkinchisi
(birinchi faryashtaning gapini tasdiqlab): "Rost aytding", deydi. Mana shu narsa
(odamlarga) fitna bo’ladi. So’ngra Dajjol yo’lida davom etib, Madinaga yetib keladi. "Bu
o’sha kishining (ya’ni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning) shahrimi?" deydi.
Unga Madinaga kirishga ruxsat berilmaydi. So’ng Shomga yetib keladi. Alloh uni Afiq
dovonida halok qiladi".
Yuqoridagi ma’nolarni ifodalaydigan, har xil rivoyatlar bilan kelgan boshqa sahih hadislar
ham bor. Inshaalloh o’rni bilan, la’nati Dajjol haqidagi suhbatimiz asnosida o’sha
hadislarni ham keltirib o’tamiz.