Microsoft Word dajjol ziyouz com doc



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Dajjol haqida nima bilasiz

DAJJOLNING SIFATI 
(Suratini chizishga urinish) 
Uning jussasi juda katta bo’ladi. Хudolikni da’vo qiladi. Shuning uchun Dajjolning 
gavdasi katta bo’lishiga qaramay, ojizligi va ko’zidagi nuqsonga ishora qilib, Nabiy 
sollallohu alayhi va sallam: "Alloh g’ilay emas", deb aytgan edilar. 
Dajjol - inson bolasi. U jin ham, farishta ham emas. Demak, unda er kishilarniki kabi 
gavda va qomat bor. Odamlar singari yeydi, ichadi, uxlaydi, bedor bo’ladi, hojatga 
boradi, yer yuzida yuradi va ulov minadi. Хachirining ikki qulog’i o’rtasidagi masofa qirq 
ziro’ keladi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolii shunday sifatlaganlarki, biz uni 
ko’zimiz bilan ko’rib turgandekmiz. Umumiy hadislarda kelgan vasfga ko’ra, Dajjol — 
jussasi bahaybat, bo’yi baland, semiz kishi. Uning kalta, quyuq va jingalak sochi bo’lib, 
qomati ozgina egilgan. Rangi oq, ikki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan. Bu yozuvni 
o’qishni biladigan va bilmaydigan har bir mo’min o’qiy oladi. Ikki ko’zi g’ilay. Lekin o’ng 
ko’zi o’ta g’ilay bo’lganidan, nursiz bo’lib ko’rinadi. Chap ko’zinnng ustida ortiqcha eti 
bor. (U ko’zni qoplab turadigan bir parcha teri yoki ko’zning chetidan o’sib chiqqan 


Dajjol haqida nima bilasiz? 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
go’shtga o’xshaydi.) Chap ko’zi ham g’ilay. Demak, u yaxshi ko’ra olmaydi. Deyarlik ko’r 
yoki ko’rga yaqin. Shunday bo’lishiga qaramasdan, u yer yuzini aylanib chiqadi va 
hamma yoqni fasodga to’ldiradi. 
Dajjoliing taxminiy surati shu. Uning yomonligidan Alloh asrasin. 
DAJJOL CHIQISHI ALOMATLARI 
Dajjol to’satdan, biron-bir belgisiz chiqib qolmaydi. Chunki uning chiqishi juda xatarli 
bo’lib, qiyomatning yaqinlashganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning 
chiqishi katta fitna bo’ladi. Juda ko’p insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanishadi, 
haq bilan nohaq, aralashib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Shuningdek, bu 
la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Shuning 
uchun uning chiqishi tasodif bo’lmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir bo’ladi. 
Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kishi shunday 
deganlar: "Madinada devor soyasida o’tirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
xonalarida edilar. So’ng oldimizga chiqib dedilar: "Nima qilib o’tiribsizlar?" Biz aytdik: 
Gaplashib o’tiribmiz". 
"Nima haqida gaplashyapsizlar?" 
"Qiyomat haqida". 
"Sizlar o’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi. Avvalgisi quyoshning 
mag’ribdan chiqishi, so’ngra tutun, so’ngra Dajjol, so’ngra yer hayvoni, so’ngra uch 
marta yer yutishi, mashriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uchinchisi 
aytilmagan), Isoning chiqishi. Ya’juj va Ma’jujning chiqishi. Oxirgi alomat - Yamanda 
Adan qa’ridan chiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahsharga haydab boradi" 
(Sahih hadis. Muslim rivoyati). 
Shu ma’noda Huzayfadan rivoyat qilnngan boshqa hadis ham bor: "Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Biz qiyomat haqida gaplashib o’tirgan edik. 
"O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat qoim bo’lmaydi, - dedilar. - quyoshning 
mag’ribdan chiqishi, Dajjol, tutun, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, Iso ibn Maryamning 
chiqishi, uch marta yer yutiish - mashriqda, mag’ribda, Arab jazirasida, Adan qa’ridan 
chiqadigan olov. U odamlarni mahsharga haydaydi. Odamlar tunda uxlasalar ham, 
kunduz kuni mizg’isalar ham, olov ular bilan birga bo’ladi (ya’ni, ulardan ajramaydi)" 
(Muslim rivoyati). 
Imom Qurtubiy aytadi: "Yuqoridagi hadisda qiyomat alomatlari umumiy ravishda, 
tartibsiz keltirilgan. Birinchi hadisda esa "so’ngra" lafzini ishlatish orqali tartib 
ifodalangan. Lekin Huzayfaning yana boshqa hadisida tartib aniq bayon qilingan: 
"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralarida edilar. Biz pastroqda o’tirgan edik. 
Bizning oldimizga chiqib: "Nimani eslayapsizlar?" deb so’radilar. «Qiyomatni», javob 
berdik. "O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi, — deb (sanay 
boshladilar): — Mashriqdagi yer yutish, mag’ribdagi yer yutish, Arab jazirasidagi yer 
yutish, tutun, Dajjol, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, quyoshning mag’ribdan chiqishi, 
Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarning orqasidan (quvib) yuradi" ("Тazkira" 
kitobidan). 


Dajjol haqida nima bilasiz? 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin