87
xilma-xil formalardan: ta`limiy faoliyatlardan, ekskursiyalardan, kundalik hayotga
mehnatdan, kuzatishlardan, yer maydonchasi va tabiat burchagidan o‘yinlardan
foydalaniladi.
Natijada bolalarda bilimlarni egallash malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish
qobiliyatlarini o‘stirish
ilmiy dun
yoqarashlarni axloqiy sifatlarini xulq-atvorlarini
shakllantirishga erishiladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlaridan
ko‘rgazmali
metodlar:
Kuzatishlar. Kuzatish atrof olam predmetlari va hodisalarini maqsadga
muvofiq rejali idrok etishdir. Kuzatish murakkab bilim faoliyati bo‘lib unda idrok,
tafakkur va nutq ishtirok etadi. Barqaror diqqat talab etiladi.
Kuzatila
yotgan
hodisani tushuntirishda bolaning tajribasi, bilimi va malakalri muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi. Tabiatni bolalar bilan birgalikdla kuzatishni tashkil etar ekan, tarbiyani
bir qator vazifalarni hal etadi: bolalarda tabiat haqida bilimni shakllantiradi.
Kuzatishni o‘rgatadi, kuzatuvchanlikni o‘stiradi, estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Predmet va hodisalarning xususiyati hamda
sifatlari haqidagi bilimni
shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan qisqa muddatli kuzatuvlar jara
yonida
bolalar qismlarning shakli, rangi, kattaligi,
tuzilishi, fazoviy joylashuvini,
satxining harakatini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri
ular chiqaradigan tovushlarni ham o‘rganadilar va hokazo. O‘simlik va
hayvonlarning
o‘sishi
hamda
rivojlanishi
tabiatdagi
mavsumiy
o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jamgarilishi
uchun kuzatishning ancha
murakkab turi uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. bunda bolalarga
obyektning kuzatila
yotgan holatini ilgarigi bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi.
Bu kuzatishlar davomida bolalarning zehni va kuzatuvchanligi o‘sadi. Analiz
qilish, qi
yoslash, xulosa chiqarish jarayoni takomillashadi. Kuzatishlar tarbiyachi
tomonidan bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan
ob-havo bilan kattalarning
tabiatdagi mehnati bilan tanishtirishda tashkil etiladi. Kuzatishlar ta`limiy faoliyat
va ekskursiyalarda, sayrlarda, tabiat burchagida va shu kabi joylarda olib boriladi.
Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish: bu kuzatishlar o‘rta guruhdan
boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish bir obyektni kuzatishdan ko`ra
ancha murakkabroqdir. Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning
qismlari: bargi, mevasi, va urugi,
shoxlari, sabzavot va mevalardan foydalanish
mumkin. Rasmlarni ko‘rish, kinofilmlar va diafilmlarni namoyish etish. Bu
metodlardan foydalanish xilma-xil vazifalarni hal qilishga: tasavvurlarni aniqlash
va konkretlashtirish bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish estetik idrokni
tarkib
toptirishga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: