Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish. Pedagogik
bilimlarni targ‘ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada maktabgacha
ta’lim tashkilotida tarbiyalash prinsiplarini ongli ravishda anglab oldilar.
Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi
to‘g‘risida ma’ro‘zalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik
targ‘ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli matbuot:
“Maktabgacha ta’lim”, «Maktabgacha ta’lim», «Pedagogik ta’lim» jurnallari, ko‘p
sonli badiiy-pedagogik, ilmiy-ommabop va metodik adabi
yotlarni chiqarish orqali
ham amalga oshiriladi. Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik,
anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amali
yoti to‘g‘risida
ma’ruzalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘risida kinofilm va spektakillar namoyish
qilish. Bu mashg‘ulotlarni har xil sohalar bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchi,
akt
yor, ruhshunos mutaxassislar olib boradilar. Pedagogik targ‘ibot ishida
quyidagilarga amal qilish kerak:
1. Pedagogik targ‘ib hayot, jamiyat qurilishi amali
yoti bilan bog‘lab olib
borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har
tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy
asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l
qo‘yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot
ishlarini olib boriladi.
3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalar har xil saviyada
ekanliklari hisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli,
ko‘rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. Shunday
qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini
muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi
birlik o‘rnatilishi mumkin.