Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni 
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, 
intilish va ehti
yojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, 
mustaqillik goyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni 
maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga 
muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarni 
rivojlantirish jara
yoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga 
erishish «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Har bir oila 
barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg`urishi lozim. Shu bois «Ta’lim to‘g‘ri 
sida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamalkatning 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi
yotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni 
tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni 
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Hech kimga sir emaski, 


69 
respublikada bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya tashkilotlariga jalb qilish kam
foizni tashkil qiladi. Bunday nomutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam 
qo‘ygan kundan boshlab ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim tarbiya 
mazmuni, shakli, vosita va metodlarini engilashga alohida e’tibor berilmoqda. 
Davlat va jamiyat maktabgacha 
yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida 
rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha 
yoshdagi bolalar 
ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha 
yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch 
dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha 
ta’lim tashkilotlariga jalb etilmagan bolalarni ham rivojlantirish va yagona davlat 
talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. 
Ta’lim-tarbiya jara
yoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir 
so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga etkazish asosiy maqsad qilib 
belgilandi. Bu o‘zluksiz ta’lim tizimining ilk turi – maktabgacha ta’limga o‘ziga 
xos 
yondoshuvni talab etar edi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va 
jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash 
vazifasi qo‘yiladi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomila orqali, so‘ng ta’limiy 
faoliyatlar, o‘yinlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bola har doim buyumlar, 
hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, 
ushlab ko‘radi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-
atrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi 
va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga 
yordam 
beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat 
usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni 
ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma, 
malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bor bilimlarni chuqur 
egallab olishga 
yordam beradi. Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya 
vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlarini to‘g‘ri 
foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab 
bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri 
tashkil etilgan faoliyat jara
yonidagina to`la qonli aqliy rivojlanish ro`y beradi. Shu 
sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab 
muomala orqali so‘ng ta`limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bolalarni 
maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini 
egallab olishlari, ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va 


70 
ko‘nikmalarini 
egallab 
olishlari, 
ularning 
maktabda 
muvaffaqiyatli 
o‘qishlari uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib, xizmat 
qiladi. Maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy 
vazifalari quyidagilar: 
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy 
dun
yoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, 
sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi 
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga dorir ruhiy jara
yonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, 
tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning 
erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini 
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlning 
sinchikovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan 
iborat. 
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari, 
predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib 
ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha 
yoshdagi bolalarga 
aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. 
O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli ta`limiy faoliyatlar olib 
borilgandan keyin bolalar o‘simlik, 
yosh hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lum bir 
tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni 
rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan ta`limiy faoliyatlarni o‘tkazishni 
rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar: «Sen ta’rifla, men topaman». 
Didaktik 
vazifa 
– 
kattalarning 
savollariga 
narsaning 
xarakterli 
belgisini ajratib va nomini aytib javob berish. O‘yin harakati – kattalarga 
topishmoqni aytish. O‘yin qoidasi – ta’riflana
yotgan narsani nomini aytish 
mumkin emas. Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish. 
Jixozlash – sabzavot va mevalarni stol ustiga qo‘yiladi.Tarbiyachi 
stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi. O‘yinning borishi – Tarbiyachi 
bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning 
qandayligini surayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning 
javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman. Keyin tartib bilan tarbiyachi 
savol beradi: «Shakli qanday?, Hamma tomoni shardek dumaloqmi?, Chuqurchasi 
bormi?, Rangi qanday?» va boshqa. Bolalar savollarga tula javob berishadi. 
Bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi 
topishmoqni topadi. Ta`limiy faoliyatda, o‘yinda, tabiat burchagida va 
maydonchadagi mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga 
atrofdagi olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli 


71 
xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami haqida 
elementar tushunchani shakllantiradi. Tarbiyachining hikoyasidan faolroq 
o‘zlashtirib olishga bolalarning jozibali munosabati imkon beradi. Ta`limiy 
faoliyatlarda, didaktik o‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va 
hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy 
xususiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga 
o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chiqarishga o‘rganadi, bolalar 
diqqati, xotirasi va ixti
yoriy idroki rivojlanadi. Ta`limiy faoliyatni, o‘yin vazifasini 
hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga 
yordam beradi. Ta`limiy faoliyatlar,didaktik o‘yinlar davomida turli maktabgacha 
yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali Maktabgacha ta’lim
tashkilotining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini o‘zlashtiradilar. 
Tabiiy materiallar bilan uynaladigan o‘yinlarni tanlashtirishda tarbiyachi o‘yinning 
mazmuni atrof muhitdagi tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim. 
Masalan: «Urug sotib olish» o‘yini bahorda, «Hosil yigishtirish» esa 
yoz yoki 
ko‘zda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham ta`limiy faoliyat , o‘yinning 
turlicha variantlarini uylashi mumkin: o‘yinga, ta`limiy faoliyatga qo`shimcha 
vazifa, yangi rol, bolalarning atrofdagi tabiat haqidagi bilimlarini boyitishga va 
boshqalar. Ba’zi bir xil didaktik o‘yinni turli variantda, turli 
yoshdagi bolalar 
uchun tavsiya etiladi. O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar 
yoki boshqa predmetlarning 
soni oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga 
murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, olma va 
boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan meva va 
sabzavotlarni kiritish mumkin. Maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarga barg, 
gullar bilan o`ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta, 
barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovg`a qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi. 
Bunday o‘yinlarni, ta`limiy faoliyatlarni o‘tkazishda bolalarni o‘simliklarga 
nisbatan ehti
yotkorlik, gullarni bekordan-bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim. 
Agar bola olma 
yoki boshqa predmetlarni shakliga diqqatini qaratgan bo`lsa, unga 
olmani dumalatib ko`rish, koptokdek silab ko`rish, uning sillikligini aniqlashni 
taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga 
o‘rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi olamida bolalarning bevosita 
Kuzatishlari uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha 
ta`lim 
yoshidagi bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida 
bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni parvarishlashga, 
o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi. 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin