78
etishi tayinlangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limiy faoliyatlar bolalarni
maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bu ta’limiy faoliyatlarda bolalar
o‘quv faoliyati ko‘nikmalari hosil qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo‘lib
boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni bir narsaga qarata olish, irodaviy zo‘r
berilish qobiliyati rivojlanadi. Tizimli o‘qish natijasida bilishga qiziqish paydo
bo‘ladi. Bolalarni jamoada o‘qitish muayyan afzalliklarga ega: birgalikda ishda
ular bir-birlariga faol ta’sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko‘rsatish imkoniga
ega bo‘ladilar. Bolalar oldilariga ko‘pchilikdan kuch-g‘ayrat talab qiladigan
vazifalar qo‘yilganda birgalikdagi kechinmalar paydo bo‘ladi, jamoaviylik tuyg‘usi
vujudga keladi Ekskursiyalar, rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash,
qurish-yasashga oid ishlarni birgalikda bajarish, umumiy o‘yinlarda va musiqa
mashg‘ulotlardagi raqslarda, harakatlarni rivojlantirish ta’limiy faoliyatlarida
birlashish, badiiy adabi
yotni o‘qish tufayli yuzaga kelgan birgalikdagi kechinmalar
– bularning hammasi inoq bolalar jamoasini vujudga keltirishda
yordam beradi
hamda, jamoada yashash va ishlash ko‘nikmasi hosil qiladi. Ta’limiy
faoliyatlardagi o‘qitish jarayonida bolalarda maktabga va o‘qishga qiziqish
tarbiyalanadi, to‘g‘ri va xulq-atvor ko‘nikmalari, mas’uliyat hissi, ishchanlik,
o‘zini tuta bilish, ishda zo‘r berish odati hosil qilinadi. Bolalarga kerakli bilim va
malakalarni ta’limiy faoliyat jara
yonida, yangi pedagogik tehnologiya
materiallaridan va tarbiyaning samarali metod usullaridan foydalanilsa, bolani
yosh, ruhiy fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning
samaradorligi oshadi. Bolalar ta’limiy faoliyatlarning turli xil ko‘rinishlarini
egallashlari orqali,
yoshlari o‘sib borishi davomida maktabga bo‘lgan qiziqishlari
ham o‘sib rivojlanib boradi. Buning natijasida ular maktabda ham hech qiynalmay
o‘qib, rivojlanishni davom ettirib boradilar.
Dostları ilə paylaş: