83
qalinligi, o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda ortib
borishi
yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash;
narsalar shaklini: doiraviy, uchrubchak, to‘g‘ri to`rtburchakli, kvadrat,
to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini farqlash;
qog‘oz varag‘ida yo‘nalishlarini farqlash;
narsalarning o‘ziga yoki boshqa narsalarga nisbatan joylashish vaziyati,
yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash;
hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilari.
Bo‘lajak fuqaro shaxsining har tomonlama kamol toptirilishining asoslari bola
hayotining dastlabki yillarida, maktabgacha bolalikda qo‘yiladi. So`nggi yillarning
psixologik-pedagogik
tadqiqotlari
bolada
idrok
qilinadigan
obyektlar
xususiyatlarining analizi va sintezining, kuzatiladigan hodisalarni taqqoslash va
umumlashtirishlarning, eng sodda bog‘lanishlar va ular orasidagi munosabatlarni
tushunmoqning yetarlicha murakkab shakllari tarkib topishi mumkinligini
ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturida nazarda tutilganidek,
matematik tayyorgarlikda bolalarni sanoqqa o‘rgatish, birinchi o‘nlik uchida
miqdoriy munosabatlarni rivojlantirish, eng sodda arifmetik masalalarni yechish va
tuzish bilan bir qatorda namo
yon qilingan to‘plamlar ustida amallar bajarishga,
shartli ulchovlar bilan o‘lchashlar o‘tkazishga, sochiluvchi va suyuq jismlarning
hajmini aniqlashga bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga
ularning geometric figuralar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarini
rivojlantirishga,fazoviy munosabatlarni tushunishlarini, predmetlarni teng
qismlarga bo`lish malakalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.
Masalalarning bunday kompleksi matematik rivojlantirishning dasturi bo‘lib,
maktabgacha
yoshdagi bolalarning miqdoriy va boshqa munosabatlarni chuqurroq
tushunishlarini ta’minlaydi va matematik tafakkurning, nutqning istiqbolda
takomillashuviga asos soladi. Bularning hammasi bolalarning aqliy
rivojlanishlariga va ularni maktabda o‘qishlariga muvaffaqiyatli tayyorlashga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: