72
Nazorat savollari:
1.Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati qanday
tashxislanadi?
2.
Tashxislashda
nimalarga
alohida
e’tibor
qaratish
kerak?
3. Kern-Irasek uslubi qanday bajariladi?
Topshiriq: «Grafik diktant» va tashxislashning qo‘shimcha shakllarini tahlil
qiling va izohlang.
BOLALARNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Tayanch so‘zlar: oila, mashg‘ulot, shakl, ma’naviy tarbiya, faoliyat, estetik
tarbiya, mehnat tarbiyasi, rasm, loy, qurilish materiallari, musiqa,jismoniy
madaniyat.
Bolalarni maktabga tayyorlashda oilani va maktabgacha ta’lim
tashkilotining o‘rni. O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim
to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning
mustaqil ta’lim berishi orqali
yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha
ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan
bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus
guruhlar
yoki markazlarda oladi. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni juda
kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan
to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham
talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda
tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va
mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy
tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida
kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy
belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo`shiqlarni
yod
oldirish, qadriyat va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy
tarbiya jara
yonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki boshqa hech
qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik,
mehr-muruvvat, rahm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va
sadokat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik
tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo`shiqlar
kuylanishi, biror ertak
yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino
ko`rish va tahlil qilish, qiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish
qilish, rasm solish va hakozolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi
73
jihatlardir. Ota-onalar voyaga eta
yotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga
o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya
mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat
berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan
o‘tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni
mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish
va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina
erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va
malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehti
yojni tarbiyalashga, boshqalarning
mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehti
yot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor
berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni
tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda
xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolalarni
oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada
takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan
aloqasini mustahkamlash maktabgacha tar`lim tashkilotlari xodimlari pedagogik
omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning muhim
vazifasidir. Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal
qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks
yondashishga, tarbiyaviy
muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning
birligiga bog‘liq. Maktabgacha
yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabtalarida anchayin jiddiy
o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani bog‘chada
yoq yoki
uyda
yoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha,
ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan ta`limiy faoliyatlar jara
yonida bolalarda
mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini
tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan
savollarga javob berishga harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni
takrorlashga o‘rgatib boriladi. Har bir
yosh guruhlarda qancha mashg‘ulot
o‘tkazish maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab
qo‘yilgan. Har bir MTTda metodik xonalar mavjud bo‘lib, unda MTTda ta’lim-
tarbiya dasturining hamma bilimlari bo‘yicha metodik qo‘llamalar bo‘ladi.
Tarbiyachi ta`limiy faoliyat jara
yonida yangi pedagogik tehnologiya
materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanadi.
Bolaning
yoshi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning
samaradorligi oshadi. Tarbiyachi har bir bolaning imkoniyatlarini aniqlab olishi
74
kerak, bolalar o‘zi yasha
yotgan jamoaga munosabatiga qarab bir necha guruhlarga
bo‘linadi:
1-guruh: ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ular tez do‘stlashadilar. Ularni jamoa
a’zolari hurmat qiladi. Bu toifadagi bolalar jamoaning faollari bo‘lib, tarbiyachi
jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi.
2-guruh: faol tashabbusga qo‘shiladi, ammo beqaror bo‘ladi.
3-guruh: tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydilar, mashg‘ulotlarda sust
bo‘ladilar. Bunday bolalarga alohida e’tibor zarur. Tarbiyachi guruhdagi har bir
bolaga individual
yondashib, ularning bir-biri bilan o‘z aro munosabatga kirishib,
do‘stlashishiga
yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy
pedagogik vazifasi – bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va
ularni maktabda o‘qishga har tomonlama tayyorlashda ota-onalarga muntazam
ravishda
yordam ko‘rsatishdan iborat: Maktabgacha tarbiya tashkiloti
xodimlarining eng birinchi vazifasi – maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari va oilasining boshqa a’zolari ongida bola
tarbiyasida oila birinchi darajali ahamiyatga egaligi va har bir oila bolalarining
faollashuvida oilaviy va ijtimoiy tarbiyaning birligiga erishilgandagina kutilgan
natijaga olib kelishiga chuqur ishonch uyg‘otishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti
ota-onalarda pedagogik bilimlar asosini yaratadi. Ularda tarbiya haqidagi fanga
qiziqish uyg‘otadi. O‘z bilimlarini doimo kengaytirish istagini va unga intilish
hissini uyg‘otadi. Keyinchalik esa maktab pedagogik umumta’limiga kirishib
ketish hissini uyg‘otadi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani har
tomonlama, jumladan, ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat
tarbiyalari birgalikda olib borilib bola maktabga chiqariladi. Bola MTTda olgan
bilimlarini maktabda davom ettirishga shundagina qiynalmaydi.
Aql keng ma’noda sezish, idrok etishdan boshlanadigan tafakkur va xa
yolni
o‘z ichiga oladigan jara
yondir. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning
o‘rni katta. Bilimlar zahirasini kengaytirish, aqliy faollikni va mustaqillikni
rivojlantirish, maktabda yaxshi o‘qish, keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning
muhim shartidir. Bola 6-7
yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga
tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish etarli bo‘lishini ta’minlash tarbiyachidan katta
mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim
yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib
boradi, boyib boradi. Nutq shakllanadi, bilish jara
yonlari takomillashadi, bola eng
oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab
muomala orqali, so‘ng ta`limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Tevarak-atrof,
buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga, ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va
sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga
yordam beradi.
(Issiq-sovuq, g‘adir-budir). Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi
75
hisoblanadi. Bolalarning bilimlarni egallab olishlari ularning aqliy faolligini
rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba
bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
Dostları ilə paylaş: |