Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


"Har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilishini bilgan hollarida qilgan gunohlarini



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə13/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

"Har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilishini bilgan hollarida qilgan gunohlarini davom ettirmaydigan kishilardir" (Oli Imron surasi, 135-oyat), oyati nozil bo‘lganida, Iblis (alayhil la’na) askarlarini chaqirib qattiq qichqirdi va boshiga tuproq sochib dod-faryod qildi. Uning alamli chinqiriq va chaqirig‘ini eshitgan quruqlikdagi va suvdagi barcha malaylari uning oldiga yetib kelishdi. Ular: "Ey shohimiz! Sizga nima bo‘ldi?" deyishdi. Shayton: "Odam bolalaridan tavba qilganlarning gunohlari kechirilishi va azoblanmasliklari haqida Allohning oyati nozil bo‘ldi", dedi. Ular: "Bu nima degani?" deb so‘rashdi. Iblis ularga tushuntirdi. Shunda askarlari: "Siz xafa bo‘lmang! Biz ularga havoyi nafs yo‘llarini va kayfu safo, buzuqchilik eshiklarini lang ochib qo‘yamiz, natijada ular tavba qilmay, o‘zlarini haq yo‘lda yuribmiz, deb gumon qilib qoladilar", deyishdi. Shayton shundan keyin xotirjam bo‘ldi.

Hadisi qudsiyda Alloh marhamat qilganki: "Ey bandam! Mendan umid qilsang va so‘rasang, Men kam-ko‘stsiz ato qilaman. Ey odam bolasi! Agar gunohlaring osmon toqicha bo‘lsa ham, Mendan


istig‘for so‘rasang, Men seni mag‘firat qilgum. Ey odam bolasi! Agar sen Menga yerning tuprog‘ichalik xatolar qilib kelgan bo‘lsangu, shirk keltirmagan bo‘lsang, bas, Men seni mag‘firatim ila siylayman" (Imom Termiziy rivoyati).

Hadisda: "Kim doim istig‘for aytsa, Alloh uning torligini kenglikka, g‘amini shodlikka aylantiradi va rizqini o‘ylamagan tarafidan yetkazib beradi", deyilgan. Boshqa bir hadisda esa Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Allohga qasamki, men o‘zim bir kunda yetmish martadan ko‘p istig‘for aytaman", deganlar. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey insonlar! Sizlar Allohga tavba qilinglar, chunki men ham bir kunda yuz marta tavba qilaman", deganlar.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Har bir odam bolasi xatokordir.

Xato qiluvchilarning eng yaxshisi esa tavba qiluvchilardir".

Xotamul anbiyo bo‘lgan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ham bir kunda yuz marta tavba va istig‘for qilar ekanlar. Holbuki, ul zotning o‘tgan va kelajakdagi xatolari mag‘firat qilingandir. U holda biz ojiz bandalar Allohga har bir nafasda va har bir joyda tillarimizni istig‘for va tavbalar bilan mashg‘ul qilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Alloh qaysi bir bandasiga yaxshilikni istagan bo‘lsa, uni bu dunyoda (gunohlariga kafforot bo‘lsin deb) har xil mehnatu mashaqqatlarga duchor qiladi. Agar qaysi bandasiga yomonlikni xohlagan bo‘lsa, unda unga (bu dunyoda hech qanday mashaqqat bermasdan) gunohlarini asrab qo‘yadi va Qiyomat kuni uni hisob-kitobga tutadi".




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin