AROQ ICHGUVCHINI MAZAMMAT QILISH
Alloh taolo aytadi:
∩®⊃∪ tβθßsÎ=ø èS öΝä3ª=yès9 νçθ7ç⊥Ïzt_ô$$ùsÇ⎯≈Üs‹ø¤±9$# ≅Èϑytã ⎯ô Ó§_ôÍ‘ Νã≈s9ø—F{$#uρ Ü>$ę|Ρ{F$#uρ ¸ç£ÅŠøyϑ9ø$#ρuã ϑôis:ø$# $ϑy¯ΡÎ) (#θþãΨtΒ#™u⎦t⎪Ï¿©!$# $pκ‰š'r≈¯ƒt
"Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), tiklab qo‘yilgan butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, ularning har biridan uzoq bo‘lingiz! Shoyad najot topsaniz" (Moida surasi, 90-oyat).
Abu Hurayra aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mo‘min kishi menga salovot aytsa, o‘sha salovotni O‘lim farishtasi Allohning izni bilan ushlab, mening qabrimga yetkazadi va: "Ey Muhammad! Sizning ummatingizdan falonchi o‘g‘li falonchi sizga salovot aytdi", deydi. Shunda men aytaman: "Sen mendan unga o‘n salovot yetkazgin va aytginki, unga mening shafoatim halol bo‘ldi". So‘ngra bu farishta samoga ko‘tarilib, Arshning tagiga borib yetgay va: "Ey Rabbim! Falonchi o‘g‘li falonchi sening habibing Muhammadga bir marta salovot aytdi", der Alloh taolo aytur: "Mendan u bandamga o‘n salovot yetkaz!" So‘ngra Alloh salovotining har bir harfiga bir farishtani yaratgay, u farishtaning uch yuz oltmishta boshi bo‘lib, har boshida uch yuz oltmishta yuzi bordir va har bir yuzida bittadan og‘zi bor, har bir og‘zida ana shuncha adad tillari bor. U har bir tili bilan gapirib, Allohga qiyomat kunigacha hamdu sano ayturki, ul hamdu sanolar uch yuz oltmish xildir. Mana shu hamdu sanolarning savobini Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytgan kishiga yozurlar".
Rivoyat qilinishicha, Nuh (a.s.) uzum daraxtini ekkanlarida, uzum ko‘karmay qoldi. Shunda iblis (alayhi la’na) kelib: "Ey Nuh, Allohning payg‘ambari! Uzum ko‘karishini istasang, menga qo‘yib ber. Yetti hayvonni so‘yib, qonini oqizay", dedi. Nuh (a.s.): "Mayli", dedilar. Iblis sherni, ayiqni, yo‘lbarsni, chiyabo‘rini, itni, tulkini, xo‘rozni so‘yib qonini uzum tomiriga oqizdi. O‘sha zahoti uzum ko‘karib, yetmish xil rangda uzum soldi, bundan oldin esa faqat bir xil rangda uzum solar edi. Shuning uchun ham aroq ichuvchi sher kabi shijoatli, ayiq kabi quvvatli, yo‘lbars kabi g‘azabli, chiyabo‘ri kabi suzamon, it kabi urushqoq, tulkidek o‘ch olguvchi va xo‘roz kabi sertovush bo‘lib qoladi ("Hayotul qulub").
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Zino qilguvchi mo‘min holida zino qilmaydi, o‘g‘ri mo‘min holida o‘g‘irlik qilmaydi. Aroq ichguvchi ham mo‘min holida aroq ichmaydi" (Imom Buxoriy rivoyati).
Imom Shofeiyning nazdida aroq ichguvchi mo‘min emas. Chunki u zotning mazhablarida amal iymondan bir juz’dir. Bizning nazdimizda esa, amal iymondan emas, shuning uchun amalni tark qilgan kishi mo‘min bo‘laveradi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) "Aroq ichguvchi ichayotgan holda mo‘min bo‘lmaydi", degan so‘zlari haqida so‘ralganda, yerga katta doira chizib, uning ichiga yana boshqa doira chizib aytdilarki: "Avvalgi doira islomniki, ikkinchisi esa iymonniki. Banda agar ichsa, zino yoki o‘g‘irlik qilsa, iymon doirasidan islom doirasiga chiqadi va islom doirasidan chiqmaydi. Kishi faqat shirk bilangina islom doirasidan chiqadi. Alloh saqlasin".
Ey birodarlar! Bilinglarki, "Iymon bilan Islom bizning nazdimizda birdir. Alloh taolo aytadi: "Kimda-kim Islomdan o‘zga dinni istasa, (bas, uning "dini" Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir" (Oli Imron surasi, 85-oyat). Chunki u jannat o‘rniga do‘zaxni ixtiyor qildi.
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki Allohga va oxirat kuniga ishonsa, aroq ichilayotgan dasturxon atrofiga o‘tirmasin". (Imom Tabaroniy rivoyati).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Vaqtiki banda zino qilsa yoki aroq ichsa, Alloh taolo undan iymonni yechib oladi, inson ko‘ylagini xuddi boshidan yechgani kabi" (Hokim rivoyati).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Vaqtiki banda zino qilsa yoki aroq ichsa, iymon undan chiqib, boshini ustida soyabon singari turadi. Shu ishdan forig‘ bo‘lgach (tavba qilgach), iymon unga qaytadi" (Imom Buxoriy rivoyati).
Faqih Abu Lays aytadilar: "Aroq ichishdan saqlan, chunki aroq ichishda o‘nta yomon xislat bor:
Aroq ichgan odam jinni kabi bo‘ladi va yosh bolalarga kulgu bo‘lib, oqillar nazaridan qoladi.
Aroq ichish aqlni ketgazadigan, mol-dunyoga zarar yetkazadigan narsadir.
Aroq do‘stu birodarlar orasida adovat, dushmanlik paydo bo‘lishiga sababdir.
Aroq Allohning zikridan va namozdan to‘sadi.
Aroq zinoga yetaklaydi, chunki aroq ichgan odam bilmay o‘z xotinini taloq qilishi mumkin.
Aroq ichish har bir yomonliklarning kalitidir, aroq ichgan odamga hamma yovuzliklarning eshigi ochilgan bo‘ladi.
Aroq ichish bandaning yonidagi farishtalarga aziyat beradi, ular uning yomon-fisq majlisiga kirishga majbur bo‘ladilar.
Aroq ichgan odamga sakson darra had vojib bo‘ladi, aroqxo‘r bu dunyoda urilmasa, oxiratda ota- ona, tanishlari oldida olovli darralar bilan savalanadi.
Osmon eshiklari aroq ichguvchiga yopiladi, uning yaxshiliklari va duosi qirq kun qabul bo‘lmaydi.
Aroq ichguvchi iymonsiz o‘lib ketish xavfi bor".
Bu o‘limdan oldingi, oxirat azoblariga yetmay turib ko‘riladigan uqubatlar. Aqlli kishilar ozgina lazzatni ko‘p va abadiyiga almashtirmaydilar.
Abu Umoma (r.a.) Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: U zoti sharif aytdilar: "Uch kishi jannatga kirmaydi: doimiy aroq ichuvchi, qarindoshchilikni uzuvchi, sehrgarlarning so‘zini to‘g‘ri deb aytguvchi (ularga ishonuvchi). Kimki aroq ichgan holida o‘lsa, Alloh taolo uni "G‘avg‘o" deb nomlanadigan daryo suvi bilan sug‘orur. U daryo esa do‘zax ahllari uning badbo‘y hididan aziyatlanadigan, zinokor, fohisha ayollarning avratidan oqadigan daryodir" (Imom Ahmad va Ibn Adiy rivoyati).
Ummul mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki aroq ichsa qizingizni bermangiz, agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmangiz, o‘lsa, unga janoza o‘qimangiz. Meni haq bilan payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, aroq ichgan odam Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Qur’onda ham la’natlangandir! Kimda kim aroq ichgan odamga bir luqma bersa, Alloh uning jasadiga ilonu chayonlarni yo‘llab qo‘yadi. Kimki aroqxo‘rning hojatini chiqarsa, Islomni qulatishga yordam bergan bo‘ladi. Kimki unga qarz bersa, mo‘min kishini o‘ldirgani yordam bergan bo‘libdi. Kimki aroq ichuvchi bilan birga o‘tirsa, Alloh uni qiyomat kunida hujjati yo‘q bir ko‘r qilib tiriltiradi".
Aytildiki, kabira gunohlar quyidagilardir: Allohga shirk keltirish, nohaq odam o‘ldirish, aroq ichish, zino, livota (bachchabozlik), pok erkak va ayollarni zinokor deb so‘kish, musulmon ota-onaga bir so‘z yoki ish bilan osiy bo‘lish, Alloh yo‘lidagi bir yoki ikki kishidan qochish, yetimning molini yeyish, yolg‘on guvohlik berish, sudxo‘rlik, ramazon kuni hech bir uzrsiz qasddan ovqat yemoq, qarindosh- urug‘chilikni uzmoq, yolg‘on qasam, insonlarning molini zulm bilan yemoq, toshu tarozidan urmoq, Nabiyni (sollallohu alayhi vasallam) so‘kish, Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) qasddan yolg‘on to‘qish, uzrsiz guvohni berkitish, poraxo‘rlik, o‘zini o‘ldirmoq va a’zolaridan birini kesmoq, er-xotin orasida chaqimchilik qilish, zolim podshoh huzurida chaqimchilik qilish, sehr, zakot bermaslik, amri
ma’ruf va nahiy munkar qilmaslik yoki qildirmaslik, yaxshi odamlar orasiga adovat solish, hayvonni o‘t bilan kuydirish, xotin kishi eri chaqirganida unga ijobat qilmasligi – bularning barchasi gunohi kabiralardir.
Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitdimki, u zot aytdilar: "Aroqdan saqlaninglar, chunki aroq barcha yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldingi bir qavmlarda bir kishi bor edi, u insonlardan xilvatga chekinib ibodat qilardi. Bir kuni yomon bir xotin uni ko‘rib yoqtirib qoldi. Unga o‘z xizmatkorini jo‘natdi. Xizmatkor zohid oldiga borib: "Biz sizni bir ishga guvoh bo‘lishingiz uchun chaqiryapmiz", dedi. Zohid kishi ayolning oldiga borib, uyiga kirdi. Har bir eshikdan kirganda, xizmatkor xotinning amriga binoan eshiklarni bir-bir qulflab qo‘ydi! Nihoyat haligi zohid yomon xotinning oldiga kirdi. Uning oldida bir bolani va ko‘zachada aroqni ko‘rdi. Xotin zohidga: "Biz seni guvohlikka emas, balki boshqa bir yumush bilan chaqirdik. Sen yo bu bolani o‘ldirishing yoki men bilan qo‘shilishing yoki bir qadah aroq ichishing kerak. Aks holda qichqirib, sening sharmandangni chiqarurman", dedi. Zohid nima qilishini bilmay o‘ylanib qoldi, "Zino va qotillikka aslo qo‘l urmayman, boshqa choram yo‘q, aroq icha qolay", deb aroqni ichishga rozi bo‘ldi. Xotin unga ko‘zadagi aroqni quyib berdi. Aroq ichgach, qattiq mast bo‘ldi va haligi xotin bilan zino qildi, so‘ng bolani ham o‘ldirdi. Bas, aroq ichishdan saqlaninglar! Kishining qalbida iymon va aroq ichish birga bo‘lmaydi, biri boshqasini, albatta, chiqarib yuboradi" (Ibn Hibbon "Sahih"larida rivoyat qilgan).
Allohning rahmatidan aroq ichish sababli uzoqlashib, la’natga duchor bo‘lgan Barsisoning qissasini eshitganmisiz? U ikki yuz yigirma yil Allohga ibodat qilib, hech osiylik qilmagan edi. Oltmish mingta shogirdi bo‘lib, uning ibodati barakasi bilan havoda yura olishardi. Hatto farishtalar ham uning ibodatidan hayratlanishar edi. Shunda Alloh taolodan bunday xabar keldi: "Nega ajablanyapsizlar!? Men siz bilmagan narsalarni bilurman. Barsisoning taqdirida kofir bo‘lish bordir, u abadul abad do‘zaxda qolgay, bunga aroq ichishi sabab bo‘lgay". Buni eshitgan Iblis: "Uning halok bo‘lishi mening qo‘limda ekan-ku", deb, bir ibodatgo‘y odam suratida Barsisoning ibodatxonasiga bordi va uni chaqirdi. Barsiso chiqib: "Sen kimsan? Mendan nima istaysan?" debdi. Iblis: "Men o‘zini ibodatga bag‘ishlagan bir odamman, Allohga ibodat qilishingga yordam bergani keldim", dedi. Barsiso: "Kim Allohga ibodat qilishni xohlasa, bas, Alloh unga kifoya qiladi. Mayli, kirsang kiraqol", dedi. Shu bilan Iblis Barsisoning uyida uch kun uxlamay, yemay, tinmay ibodat qildi. Barsiso uni ko‘rib, men iftorlik qilaman, uxlayman, yeb-ichaman, sen esa, yemay-ichmay ibodat qilyapsan!? Buning siri nimada? Axir men ikki yuz yigirma yil yil ibodat qilgan bo‘lsam ham, yeyish ichishni tark qila olmadim", dedi. Iblis aytdi: "Men bir gunoh qilganman, agar shu gunohimni eslasam, mendan uyqu va yemak xohishini batamom ketib qoladi". Barsiso: "Sendek bo‘lishim uchun men nima qilishim kerak?" deb so‘radi. Iblis: "Allohga osiylik qil, so‘ngra tavba qil, Alloh rahmli zot, ana o‘shanda toat halovatini topasan" dedi. Barsiso so‘radi: "Nima qilay?" Iblis aytdiki: "Zino qil". Barsiso: "Yo‘q, qilolmayman, bu og‘ir gunoh", dedi. Iblis: "Unday bo‘lsa, mast qilguvchi ichimlik icha qol, bu yengil gunoh. Xudo kechirib yuboradi", dedi. Barsiso aytdi: "Qaerdan topaman uni?" Iblis: "Falon qishloqqa borsang, o‘sha yerda aroq sotadigan bir xotin bor", dedi. Iblisning ko‘rsatmasiga binoan, Barsiso o‘sha qishloqqa bordi, qarasa aroqfurush ayol juda ham chiroyli, xotinni yaxshi ko‘rib qoldi. Undan aroq sotib oldi va ichdi, so‘ng mast bo‘lib, xotin bilan zino qildi. Zino qilayotgan paytda, xotinning eri kirib keldi. Barsiso uni urib o‘ldirdi. Chetdan turib kuzatib turgan iblis bir inson suratiga kirib, hokimga borib ko‘rganlarini arz qildi. Uni hokimning odamlari ushlab kelishdi, aroq ichgani uchun sakson darra, zino qilgani uchun yuz darra urishdi. Inson qonini to‘kgani uchun esa uni osishga qaror qilishdi. Dorga olib borilayotganda Iblis avvalgi suratida Barsisoning oldiga kelib: "Holing qanday?" deb so‘radi. Barsiso mal’unga: "Kim yomon odamning gapiga kirsa, jazosi mana shunday bo‘lar ekan", dedi. Iblis: "Men ikki yuz yigirma yil seni qanday yengsam ekan, deb yurdim. Endi esa seni osyapman. Agar istasang, yordam beraman, xohlagan narsangni bajo qilurman", dedi. Barsiso yig‘lab: "Istayman", dedi. Iblis: "Unday bo‘lsa, menga bir martagina sajda qil", dedi. Barsiso: "Men bu holatda senga sajda qilishga
qodir emasman", dedi. Iblis: "Imo-ishora bilan sajda qilaver, shu kifoya qiladi", dedi. Barsiso unga sajda qildi-da Allohga kofir bo‘ldi va bu dunyodan iymonsiz ketdi. Alloh o‘zi bunday sharmandalikdan barchamizni asrasin" ("Hayotul qulub").
Dostları ilə paylaş: |