"Alloh biron ne’mat bilan biringizni biringizdan ortiq qilib qo‘ygan bo‘lsa, sizlar uni (hasad- adovat bilan)
orzu qilmang. Erkaklar uchun ham qilgan mehnatlaridan nasiba bordir, ayollar uchun ham qilgan mehnatlaridan nasiba bordur. Sizlar (birovlarga berilgan ne’matlarga ko‘z olashtirish o‘rniga)
Allohning fazlu marhamatidan (fayzu baraka, rizqu ro‘z)
so‘ranglar. Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchi bo‘lgan zotdir" (Niso surasi, 32-oyat).
Shaqiq Zohid (r.a.) aytgan ekanlar: "Faqirlar ham, boylar ham uch narsani o‘zlari tanlashgan. Faqirlar nafs rohatini, qalbning forig‘ligi va hisobning yengil bo‘lishini. Boylar esa nafsning qiynalishi, qalbning mashg‘ulligi va hisobni qattiq bo‘lishini" ("Zubdatul vo’iziyn").