Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə26/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Yigirma birinchi majlis



JAHRIY VA MAXFIY DUO QILISHNING FAZILATI HAQIDA
Alloh taolo aytadi:
∩∈∈∪ ⎥š ⎪ωñt÷èßϑø9#$= Ïtä† ωŸ…µçΡ¯Î) 4ºπuŠ øiäρuhæY¸•Ø|@nöΝä3/−‘u(#θãã÷Š$#

"(Ey mo‘minlar) sizlar Parvardigoringizga tazarru’ bilan ichingizda (maxfiy) duo-iltijo qilingiz. Zotan, haddan oshuvchi kimsalarni (ya’ni, el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas" (A’rof surasi, 55-oyat).

Maxfiy duo qilish ixlosning alomatidir. Bu U zot haddan oshguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi, degani. Alloh taolo duoda va boshqa ishlarda haddan oshuvchilarni yaxshi ko‘rmas ekan, demak, duo qiluvchi o‘ziga loyiq bo‘lmagan narsalarni talab qilmasligi lozim. Masalan, payg‘ambarlar martabasi, osmonga ko‘tarilish, mo‘’jizalar ko‘rsatishni talab qilish kabi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Yaqin zamonda duoda haddan oshadigan qavmlar keladi. Kishiga: "Ey Allohim! Sendan jannatni va jannatga yaqin qiladigan so‘z yoki amalni so‘rayman, do‘zaxdan va do‘zaxga yaqinlashtiradigan so‘z yoki ishdan panoh so‘rayman", deyishi kifoya qiladi". So‘ng Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ushbu: "Albatta, U zot haddan oshuvchilarni yaxshi ko‘rmaydi", oyatini o‘qidilar.

Umayya ibn Homid ibn Abdulloh ibn Asaddan rivoyat qilinadi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kofirlar ustidan zafar va fathni Alloh taolodan muxojirlarning faqirlari nomlarini tilga olib so‘rar edilar, ya’ni: "Ey Allohim! Bizga dushmanlar ustidan Sening muhojir, faqir bandalaring hurmatidan nusrat ber", der edilar. Bu esa faqirlarni kamsitmaslikka, balki ulug‘lashga, ularni rag‘batlantirishga, ularni g‘animat bilishga dalolat qiladi ("Hisonul masobih").

Oqillar aytganlarki, dunyoning turishi to‘rt narsa bilan: 1. Olimlarning ilmi. 2. Amirlarning odilligi.



  1. Boylarning saxovati. 4. Faqirlarning duosi. Agar olimlar bo‘lmaganda, johillar aniq halok bo‘lishardi. Amirlarning adolati bo‘lmaganida, insonlar bir-birlarini xuddi bo‘ri qo‘yni yeb qo‘ygani kabi yeb qo‘yardi. Boylarning saxovati bo‘lmaganda, faqirlar halok bo‘lishardi. Agar faqirlarning duosi bo‘lmaganda, osmonu yer halokatga yuz tutgan bo‘lar edi ("Mav’iza").

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Uch duo borki, ular shubhasiz ijobat qilinadi: Otaning farzandiga qilgan duosi; musofirning duosi; mazlumning duosi". Hatto Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlari rivoyat qilingan: "Mazlumning duosidan qo‘rq, chunki u bilan Alloh o‘rtasida hijob (parda) yo‘qdir". Alloh taolo bu hijobni bulutlar tepasidan ko‘tarib, duoga osmon eshiklarini ochadi va: "Izzatimga qasamki, ey mazlum, senga yordam beraman, garchi bir zamondan keyin bo‘lsa ham", deydi. Ya’ni, sening haqqingni zoe qilmayman va sening duoingni rad etmayman, garchi uzoq vaqt o‘tsa ham. Chunki Men halim zotman, bandalarimni azoblashga shoshilmayman. Shoyad, ular zulm-gunohlaridan tiyilsalar va haqdor xusumatchilarni rozi qilishga va tavbaga qaytsalar", deydi" ("Majolis").

Duoning fazilati haqida Mansur ibn Ammor va’z-nasihat qilar edi. Bir kun bir odam o‘rnidan turib, undan to‘rt dirham so‘radi. Mansur ibn Ammor boshqalarga aytdiki: "Bu kishiga so‘rayotgan narsasini kim beradi? Men ana o‘sha hojatbarorni to‘rt narsa bilan duo qilgayman". Masjidning bir tomonida qora qul turgan edi, uning xo‘jayini yahudiy edi. Uning o‘zi yiqqan to‘rt dirham puli bor edi. Turib aytdiki: "Ey shayx! Men unga to‘rt dirham beraman. Shu shart bilanki, men aytganimdek va men xohlaganimdek haqimga to‘rt narsa bilan duo qilasiz". Mansur ibn Ammor rozi bo‘ldi. Qora qul to‘rt dirhamni berib aytdi: "Ey shayx! Men bir qulman. Avvalo, duo qiling, men ozod bo‘lay. Ikkinchi, mening xo‘jayinim yahudiy, duo qilingki, u musulmon bo‘lsin. Uchinchi, men faqirman, duo qilingki, boy bo‘lay. Va yana duo qilingki, Alloh taolo o‘z fazli bilan meni boshqalardan behojat qilsin. Va


nihoyat mening gunohlarimni Alloh taolo kechirsin". Mansur ibn Ammor u kishini duo qildi. Qul uyiga qaytdi va xo‘jayini undan qaerda bo‘lganini so‘radi. Qul bo‘lgan voqeani aytib berdi. Yahudiy quldan bunday mardlikni kutmagan edi. Qalbi yumshab aytdiki: "Men seni bugundan boshlab ozod qildim. Bugungacha sen mening qulim eding. Endi mening do‘stimsan". So‘ng iymon kalimasini aytdi va musulmon bo‘ldi. Keyin esa: "Men seni hamma molimda sherik qildim. Ammo sening to‘rtinchi hojating mening qo‘limda emas. Agar mening qo‘limda bo‘lganida edi, hamma gunohlaringni kechirgan bo‘lardim", dedi. Shu payt uyning burchagida osmondan aytilgan nido eshitildi: "Sizlar do‘zax o‘tidan ozod qilindingizlar, sizlar va sizlar bilan birgalikda Mansur ham mag‘firat qilindi" ("Ravnoqul majolis").

Aytganlarki: "Duo yomonliklarning daf bo‘lishiga va maqsadning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan eng quvvatli narsadir. Lekin ko‘pincha duoning natijasi ro‘yobga chiqmaydi, bunga sabab duoning shartlari to‘la ado qilinmaganidadir. Xususan, qalbdagi ishonchning zaif bo‘lishi, harom yeyish, zulm qilish, qalbni gunohlar qoplab, g‘aflat va nafsu havo egallab olgan bo‘lish kabilar duoni to‘suvchi sabablardir".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Bilinglarki, Alloh taolo g‘ofil qalb bilan qilingan duoni qabul qilmaydi" ("Mavohib").

Aytishlaricha, to‘rt narsa umrni ziyoda qiladi: 1) bokiraga uylanish; 2) oqib turgan zilol suvga yuvinish; 3) sahar chog‘i olma yeyish.

Hikoya qilishlaricha, solihlardan bir kishining holi tor, yeb-ichish va nafaqadan juda qiynalar edi. Uning xotini bir kuni eriga qarab aytdiki: "Allohga duo qiling, bizga mol-dunyoni ko‘proq bersin". U kishi duo qildi. Xotini hovliga chiqib qarasa, burchakda tilla bir g‘isht turibdi. Xotin sevina-sevina uni oldi. Haligi kishi xotiniga dedi: "Ey xotin! Xohlaganingcha o‘zingga ishlat". Haligi kishi o‘sha kuni tush ko‘rdi. Tushida jannatdagi bir qasrga kirdi. Qarasa, uning bir yerida g‘isht yo‘q. Bu qasr kimnikiligini so‘ragan edi, unga bunday deb javob berishdi: "Bu qasr seniki!" "Bu yeridagi g‘isht qaerda?" Aytishdiki: "Bu g‘ishtni senga yubordik". Kishi uyg‘onib, darrov xotiniga: "Tillo g‘ishtni keltir", dedi. Uni olib oldiga qo‘ydi va aytdiki: "Allohim, buni Senga qaytaryapman". Bir muddat o‘tib g‘isht g‘oyib bo‘ldi. Ul zot bildiki, Alloh taolo g‘ishtni o‘z o‘rniga qo‘ydi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Biror kishi bu dunyodan bir luqmani olsa, albatta, Alloh taolo shu luqmaning hissasini oxiratda kamaytiradi".

Alloh taolo marhamat qilib aytganki:
⎯ÏΒ Íο tÅiψF$# ’Îû …çµs9 $tΒuρ $pκ÷]ÏΒ ⎯ϵSÏ÷σçΡ $‹u÷Ρ‘‰9$# y^ö ym ߉ƒÌ ムšχhZx⎯tΒuρ (⎯ϵÏOö ym ’Îû …çµs9 ÷ŠÌjΡtÍο tÅiFψ$# y^ö my߉ƒÌ ムχš hZx⎯tΒ
∩⊄⊃∪ „=ŠÅę¯Ρ

"Kim oxirat ekinini istar ekan, Biz uning ekini (hosilini) ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o‘shandan berurmiz va uning uchun oxiratda biror nasiba bo‘lmas" (Sho‘ro surasi, 20-oyat).


Umar (r.a.) aytdilar: "Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdim. Qarasam, ul zot bo‘yra ustida yonboshlab yotgan ekanlar. Yon taraflariga buyra izini qoldiribdi. Aytdimki: "Ey Allohning Rasuli! Allohga duo qiling, sizga dunyolik bersin. Fors va Rum podshohlari Allohga ibodat qilmasalar ham, Alloh ularga dunyoni mo‘l-ko‘l berib, keng qilib qo‘ygan". Shunda aytdilar: "Albatta, bizga oxiratda boylik naqd qilib qo‘yilgandir. Ey Xattobning o‘g‘li! Ularga esa yaxshiliklar bu dunyoda naqd qilib berilgan". Boshqa bir rivoyatda esa: "Ular uchun dunyo, bizga esa oxirat bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?!" deb aytganlar.

Amr ibn Shu’aybdan rivoyat qilindi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ikki xislat borki, ular kimda bo‘lsa, Alloh uni shukr va sabr qiluvchilar qatoriga qo‘shadi. Kim dinida o‘zidan


yuqoriroq kishiga qarab, unga ergashgan bo‘lsa va kim o‘zining dunyosida o‘zidan pastroq kishiga qarab, Allohga unga bergan ne’matlari uchun hamd aytsa".

Alloh taolo aytganidek:


#(θ=èt↔™óuρ 4t⎦÷⎤|¡tzZø$# $ÿ®ÊΕe=ÒŠęÅΡt™Ï!$|¡ÏiΨ=Ï9uρ ((#θç6|¡oKò2$# $ϑ£ÏiΒ =ÒŠęÅΡtΑÉh`y hÌ=jÏ9 4Ù< ÷è/t4’lntã Νö3äÒŸè÷t/ ⎯µÏ/Î!ª#$≅ŸÒ”sù $Βt(#θöΨ¨ϑytzSsŸωuρ


∩⊂⊄∪ $VϑŠ=Îãt™>_ó «xÈ≅e3äÎ/ χš

h2Ÿ

©!$# ¨βÎ) 3ÿ⎯&Ï#ÎÒôsù ⎯ΒÏ!©#$


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin