Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə29/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Yigirma uchinchi majlis



ALLOHNING BUYRUQLARINI TARK QILISH HAQIDA
Alloh taolo aytadi:
ΝöäZ‰ß≈s9÷ρr&ρuΝö6à 9ä≡θuΒø&r!$yϑΡ¯r& (#þθϑß=næ÷#$ρu ∩⊄∠∪ tβθßϑn=è÷SsΝöñçΡr&uρ Νö3äÏz≈oΨ≈tΒr& #(θþΡçθièBrρuΑtθ™ß§ 9#$uρ !©#$(#θΡçθièrB ωŸ(#θãΖΒt#™u⎯zƒ¿Ï!©#$$κpš‰'r¯≈tƒ
∩⊄∇∪ ÒΟŠÏàãtí ô_r& …ÿνçy‰ΨÏã ©!$# ”χr&ρuπ×Ζuz÷ùÏ

"Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlariga) xiyonat qilmangiz! Bilingizki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat (sizlar shukr qilasizlarmi yoki yo‘qmi ekanini imtihon qilish uchun berilgan) bir fitna – aldovdir, xalos. Yolg‘iz Allohning huzuridagina (ya’ni, Uning amru farmoniga itoat etishdagina) ulug‘ ajr-savob bordir" (Anfol surasi, 27–28-oyatlar).

Bu oyati karimaning nozil bo‘lishi haqida quyidagilar rivoyat qilingan: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Bani Qurayza yahudiylarini yigirma bir kecha qamal qilib turdilar. Shunda ular Bani Nazir qabilasi Shom yerlaridan bo‘lgan cho‘li-biyobonlarga Madinani tashlab chiqib ketishlikka sulh qilgani kabi, Rasulullohdan sulh qilmoqni so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu taklifni rad etdilar. Ammo aytdilarki: "Agar sizlar Sa’d ibn Maozning hukmiga rozi bo‘lsangizlar, mayli". Ular Rasulullohning bu takliflaridan bosh tortdilar va aytdilarki: "Bizga Abu Luboba Marvon ibn Munzirni sulh uchun yuborgin". Bu kishi o‘zining ahli-ayoli va moli yahudiylar qo‘lida bo‘lgani sababli, ularga yaxshiliklar qilib yurar edi. Rasululloh bu kishini yahudiylarga yubordilar. Yahudiylar unga: "Nima deb o‘ylaysan, Sa’dning hukmiga rozi bo‘lsak, bizni nima qilishardi?" deyishdi. Abu Luboba halqumiga qo‘lini ishora qildi-da: "Uning hukmi – boshlaringni qilichdan o‘tkazish", dedi. So‘ng Abu Luboba aytdilar: "Men o‘sha holatdan uzoq o‘tmay Alloh va rasuliga xiyonat qilganimni bildim. Shunda bu oyati karima nozil bo‘lgan edi". Abu Luboba o‘zini masjid to‘sinlaridan bir to‘singa bog‘ladi va: "Allohga qasam ichib aytamanki, men taom yemayman, suv ham ichmayman. Yo men shu holatda o‘laman, yoki Alloh mening tavbamni qabul qiladi", dedi. Shu holatda yetti kun turdi. Hatto hushidan ketib yiqildi. So‘ngra Alloh taolo uning tavbasini qabul qildi. Shunda unga aytishdiki: "Alloh tavbangni qabul qildi. Endi o‘zingni yechib yubor!" Ammo Abu Luboba: "Yo‘q, Allohga qasamki, men o‘zimni yechmayman, toki meni Rasululloh yechib yubormagunlaricha", dedi. Shundan so‘ng Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) kelib, muborak qo‘llari bilan uni yechib qo‘ydilar. Abu Luboba ul zotga bunday dedi: "Osiy qavmimga qaytmasligim va molimning hammasini Alloh rizosi uchun sadaqa qilib yuborishim tavbamni mukammal qiladi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Senga molingning uchdan birini sadaqa qilishing kifoya", dedilar.

Bilingki, sunnatga beparvo bo‘lish sunnatni tark qilish demakdir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening sunnatimni va hidoyatga erishgan xulofoi roshidinlarning yo‘lini mendan keyin mahkam ushlanglar". Yana aytdilarki: "Hali ummatlarimga shunday zamonlar keladiki, u zamonlarda mening sunnatim badanlar ustidagi kiyimning eskirib qolgani kabi eskirib qoladi va bid’atlar paydo bo‘ladi. O‘sha kunda kim mening sunnatimga ergashsa, u g‘aribga aylanib, yolg‘iz o‘zi qoladi. Va kimki insonlarning bid’atiga ergashsa, ellikta va undan ko‘proq sherik topadi". Sahobalar aytdilar: "Yo Rasululloh! Bizlardan keyin bizlardan ham afzalroq kishi bo‘ladimi?" Aytdilarki: "Ha, bo‘ladi". Sahobalar: "Ey Allohning Rasuli! Ular sizni ko‘radilarmi?" deb so‘radilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yo‘q", dedilar. Sahobalar: "Ularga vahiy nozil bo‘ladimi?" deb so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yo‘q", deb javob berdilar. "Ular u zamonda qanday


bo‘ladilar?" deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ularning qalblari suvdagi tuz singari eriydi", dedilar. Sahobalar: "U zamonda ular qanday yashaydilar?" deb so‘rashdi hayratlanib. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sirkaga tushgan qurt singari". So‘ng: "Dinlarini qanday saqlaydilar?" deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Qo‘ldagi cho‘g‘ singari. Agar uni qo‘ysa, o‘chadi, ushlasa, kuyadi", dedilar.

Ey aql egalari! Mag‘firat qiluvchi, butun mavjudodning egasi bo‘lgan Alloh Rasulining so‘zi bilan ibratlaninglar!

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim mening ummatim fasodga yuz tutgan paytda sunnatimni mahkam ushlasa, unga yuzta shahidning savobi beriladi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "O‘nta narsa borki, ularni otalaringiz Ibrohim (a.s.) bilib, amal qilganlar. Beshtasi boshda va yana beshtasi jasadda. Boshdagilari: misvok tutish, og‘izga suv olib mazmaza qilish, burun chayish, mo‘ylab qisqartirish va soqol qo‘yish. Jasaddagilari: xatna qilishlik, jasaddagi tuklarni olish, qo‘ltiq yungini yulish va tirnoq olish". Har bir a’zoning ibodati bor, hatto erkaklarning xatna qiladigan joyida ham.

Alloh taolo Odamga (a.s.) aytdi: "Men bu omonatni tog‘larga taklif qildim, ular qabul qilishdan qo‘rqdilar. Sen bu omonatni oluvchimisan?" Odam (a.s.) aytdilar: "Bundagi narsalar nima?" Alloh taolo dedi: "Agar yaxshi ish qilsang, savob olasan, yomon ish qilsang, jazo". Odam (a.s.) so‘ng omonatni qabul qildilar. Alloh taolo aytdi: "Agar bu omonatni ko‘tarsang, Men senga yordam beraman. Sening ko‘zingga parda berurman. Agar halol bo‘lmaydigan narsalarga ko‘zing tushsa, Mening azobimdan qo‘rq, darrov ko‘zingni yum! Sening og‘zingga eshik qilaman, agar tilingga fahsh gap kelsa, darhol yop, Mening azobimdan qo‘rq! Senga ikki quloq beraman, agar eshitish xalol bo‘lmagan gaplarni eshitsang, darhol qulog‘ingni berkit, Mening azobimdan qo‘rq! Oyoqlaringni ham borish xalol bo‘lmagan joydan tiy, Mening azobimni esla".

Yuqorida zikr qilinganlarning barchasi Alloh taoloning insonga omonatidir.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki dunyoni yaxshi ko‘rdi, oxiratiga zarar berdi. Kimki oxiratni yaxshi ko‘rdi, dunyosiga zarar berdi. Foniy, o‘tkinchi narsani (dunyoni) emas, balki boqiy, abadiy bo‘lgan narsani (oxiratni) ixtiyor qilinglar!"

Rivoyat qilinadiki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sahobalariga gapirib o‘tirgan edilar, Usoma ibn Zayddan boshqa hamma yig‘ladi. Shunda u kishi: "Yo Rasululloh! Men sizga qalbimning qattiqligidan shikoyat qilaman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llarini u kishining ko‘kraklariga qo‘yib, keyin: "Chiq, ey Allohning dushmani!" deb aytdilar. Usoma shundan keyin yig‘ladilar. So‘ngra Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Ko‘zning quruqligi qalbning qattiqligidandir. Qalbning qattiqligi gunohning ko‘pligidandir, gunohning ko‘pligi o‘limni esdan chiqarishdandir, o‘limni esdan chiqarish uzun orzu-havaslar qilishdandir, uzun orzu-havas dunyoni yaxshi ko‘rishdandir, dunyoni yaxshi ko‘rish esa, har bir xatoning boshidir".



Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Yomonlikning hammasi bir uyda to‘plangandir, uning kaliti esa dunyoni yaxshi ko‘rishdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda to‘plangandir, uning kaliti esa zohidlikdir". Siz dunyoni tark qiling, shunda oliy darajalarga yetasiz.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin