"Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob "xushxabarini" yetkazing. U kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumush)ni jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning peshonalariga, yonlariga va ketlariga tamg‘a bosilib: "Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan bosgan narsalaringizdir. Endi to‘plab bosgan narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar" (deyilur)(Tavbasurasi,34–35-oyatlar).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Alloh kimga mol bergan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, Qiyomat kunida uning moli ilonga aylantiriladi. U ilon zakotini bermagan kishining bo‘yniga halqa bo‘lib osilib, unga qattiq azob-uqubatlar beradi va: "Men dunyoda to‘plab, zakotini bermagan molingman", deydi. Alloh taolo aytganidek: