Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


O‘ttiz birinchi majlis ADOLAT VA EHSONNING BAYONI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə39/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘ttiz birinchi majlis ADOLAT VA EHSONNING BAYONI


Alloh taolo aytadi:
Νö6à =¯yès9 Νö3äàÝèσt4©Äöø7tø9$#ρu Ìx6Ψßϑø9#$ρu™Ï$!±tós x9ø#$⎯Çtã ‘4SsΖ÷tƒuρ 4†n1ö à)ø9#$“ÏŒ ›Ç!$ztƒ)ÎρuÇ⎯≈¡|mô}M#$ρuÉΑ‰ôèy9ø$$/Î ãΒã'ùƒt!©#$β¨)Î*
∩®⊃∪ šχρ ãZ©‹xSs

"Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonlikdan qaytarur. U zot shoyad ibrat, eslatma olarsizlar deb, sizlarga pand-nasihat qilur" (Nahl surasi, 90-oyat).


Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Haqiqiy baxil – men uning oldida zikr qilinganimda salovot aytmagan kimsadir". Chunki u o‘zining zarariga baxillik qilyapti. Agar Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) bitta salovot aytganida, Alloh unga o‘nta salovot aytgan bo‘lardi. U o‘zini o‘nta salovotdan mahrum qilyapti ("Jomi’us sag‘ir").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Uch toifa kishilar borki, ular jannat ahlidirlar. Birinchisi, fuqorolariga yaxshilik qiladigan insofli, adolatli, saxovatli sulton. Ikkinchisi, qarindoshlar va mo‘min musulmonlarning barchasiga mehr-shafqatli, rahmli kimsa. Uchinchisi, oilali, harom- harishdan o‘zini saqlagan, iffatli, solih kimsa, ya’ni oila muhabbati uni haromga yurishdan qaytargan. Shuningdek, Allohga bo‘lgan muhabbatini oilasi muhabbatidan ustun qo‘ygan kimsalar ham borki, ular ahli jannatdirlar. Besh toifa kimsalar borki, ular jahannam ahlidirlar. Birinchisi, shahvatlari haromga undaganda o‘zini to‘xtata olmaydigan zaif kimsalar. Ular uylanishdan voz kechib, zino bilan mashg‘ul bo‘ladilar va halol molni kasb qilishdan yuz o‘giradilar. Aytildiki, bu kimsalar amirlarning atrofida girdikapalak bo‘lib yuradilar. Ularning xizmatini qiladilar. Yeyotgan ovqatlari, kiyayotgan kiyimlari haromdan keladimi, haloldanmi, e’tibor bermaydilar. Uylanishga, halol mol topishga g‘ayrat qilmaydilar. Ular yeb-ichish bilan chegaralanib qolgan badbaxt kimsalardir. Ikkinchisi, xoin kimsa bo‘lib, oz narsaga ham, ko‘p narsaga ham xiyonat qilaveradi. Uchinchisi, erta-yu kech odamlarni aldashga harakat qiluvchi kimsa. To‘rtinchisi, yolg‘onchi va baxil odam. Beshinchisi, fahsh so‘zlar og‘zidan tushmaydigan badxulq kimsa" ("Sharhi Masobih").

Imom Qushayriy aytganlar: "Alloh taolo bandaga banda o‘zi bilan Rabbi o‘rtasida va o‘zi bilan nafsi o‘rtasida adolat qilishga buyurdi. O‘zi bilan Rabbi o‘rtasidagi adolat – nafsining ulushidan Allohning haqqini afzal ko‘rish, havoi nafsidan Allohning roziligini muqaddam qo‘yish, Allohning amrlariga amal qilishdir.

O‘zi bilan nafsi o‘rtasidagi adolat esa, nafsini halokatga olib boradigan narsalardan tiyish. O‘zi bilan xalq o‘rtasidagi adolat – ularga nasihat qilish, hech bir narsada ularga xiyonat qilmaslik, har bir narsada insofu adolatli bo‘lish. Biror kimsaga so‘z bilan ham, fe’l bilan ham yomonlik qilmaslikdir.

Bilginki, Alloh taolo yuqoridagi oyatda uch narsaga buyurdi. Bulardan birinchisi, Alloh taolo Qur’oni karimda buyurilgan narsalarning hammasini o‘z ichiga qamrab olgandir. Xuddi shuningdek, uch narsadan qaytaradiki, bu uch narsa Alloh taolo Qur’oni karimda qaytargan jamiki narsalarni qamrab olgan. Shuning uchun ham xatiblarning aksari xutbalarining oxirida ushbu oyatni tilovat qiladilar.

Usmon ibn Maz’undan rivoyat qilindiki: "Meni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Islomga da’vat etdilar. U kishiga qarshi chiqishdan hayo qilib, Islomga kirdim. Vaholanki, hali Islom qalbimda qaror topmagan edi. Kunlarning birida Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kirdim va u kishi men bilan suhbatlashib o‘tirganlarida to‘satdan ko‘zlari bilan osmonga qaradilar, so‘ng


boshlarini tushirdilar. Boshlarini tushirgan vaqtda yuzlari qizargan va terlab ketgan edi. Men nima holat yuz berganini so‘radim. Aytdilarki: "Men sen bilan suhbatlashib o‘tirganimda, osmonga qarasam Jabroil (a.s.) kelib: "Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur", oyatini oxirigacha o‘qidilar". Ana shu kundan boshlab iymon qalbimda o‘rnashdi".

Bu oyatning nozil bo‘lishi Usmon ibn Maz’unning sidqidildan iymonga kelishiga sabab bo‘ldi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Muflis kimligini bilasizlarmi?" deb so‘radilar. Sahobai kiromlar: "Biz muflis deb, biror dirhami, biror matosi bo‘lmagan kimsani aytamiz", deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Mening ummatim ichidagi haqiqiy muflis qiyomat kunida namoz, ro‘za, zakotlari bilan kelgan, ammo (hayoti dunyoda) birovni so‘kkan, birovni urgan, birovning molini yegan, birovning qonini to‘kkan, so‘ng haqdorlarga savoblaridan olib berilgan, savobi tugab qolsa, ularning gunohini ko‘targan, so‘ng jahannamga uloqtiriladian kishidir", dedilar. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki birodariga zulm qilgan bo‘lsa, dinor ham, dirham ham bo‘lmaydigan kun kelmasdan avval shu dunyodayoq haqdorlarni rozi qilsin. Agar qiyomatga qolsa, mazlumga zolimning savobidan zulmi miqdoricha olib beriladi, agar zolimning savobi bo‘lmasa, mazlumning gunohlari zulmi miqdoricha zolimga yuklanadi", dedilar ("Mishkotul masobih").

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim (g‘azab qilishga) qodir bo‘laturib g‘azabini yutsa, qiyomat kuni uni Alloh xaloyiq oldida chaqiradi. U chiqib, xohlagan hurni tanlab oladi".

Rivoyat qilinadiki, Alloh taolo Musoga (a.s.) aytdi: "Kimki (jazolashga) qodir bo‘laturib afv qilsa, Men unga har kuni yetmish marta nazar solaman. Kimga bir marta nazar solsam, uni do‘zaxda azoblamayman".

Oqil kimsa odamlarni avf qilishga, ularga yaxshilik qilishga va g‘azabdan saqlanishga odatlanadi. Chunki g‘azab do‘zaxga yetaklaydi. Maymun ibn Mihrondan hikoya qilinadi: Bir kuni cho‘risi unga sho‘rva keltirayotib, qoqilib ketdi va uning ustiga to‘kib yubordi. Shunda cho‘risini urmoqchi bo‘lganida, u: "Ey mavlom, Alloh taoloning: "G‘azablarini ichlariga yutadigan..." deganiga rioya qiling", dedi. Maymun ibn Mihron: "G‘azabimni yutdim", dedi. Cho‘risi: "Bundan keyin kelgan "...odamlarni afv qiladigan...", deganiga ham amal qiling", dedi. U: "Seni afv qildim", dedi. So‘ng cho‘ri: "Alloh bunday yaxshilik qilguvchilarni sevadi", degan oyatni o‘qidi. Shunda u zot: "Men senga yaxshilik qilaman, seni Allohning roziligi uchun ozod qildim", dedi.

Qur’oni karimda Alloh taolo bunday marhamat qilgan:
∩⊇⊂⊆∪ š⎥⎫ΖÏÅ¡ósßϑ9ø$# = Ïtä† ª!$#ρu3Ĩ$¨Ψ9$# Ç⎯tã t⎦⎫Ïù$yèø9$#uρ xáø‹tżø9$# t⎦⎫ÏϑÏà≈x6ø9$#uρ ™Ï!#§¸œØ9$#uρ Ï™!#§¸œ£9$# ’Îû tβθà)Ï Ζムt⎦⎪Ï¿©!$#

"(U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarni afv etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qilguvchilarni sevadi" (Oli Imron surasi, 134-oyat).


Taqvodorlarning jannatga kirishlarni vojib qiladigan axloqlari bordir. Zikr qilingan birinchi axloq – saxiylik sifati. Hadisi sharifda ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Saxiy Allohgayam yaqin, jannatgayam yaqin, odamlargayam yaqin. Do‘zaxdan esa uzoqdir. Baxil Allohdanam uzoq, jannatdanam uzoq, odamlardan ham uzoqdir. Do‘zaxga esa juda yaqindir. Ilmsiz saxiy odam olim baxildan ko‘ra Allohga suyukliroqdir", deganlar.

Ikkinchi sifat – g‘azabni yutish, uni zohir qilmaslik. Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Qodir bo‘laturib g‘azabini yutgan kimsani Qiyomat kuni Alloh taolo xaloyiqning oldiga chiqaradi. U hurlardan xohlaganini tanlab oladi", deganlari rivoyat qilingan.

Uchinchi sifat – o‘ziga zulm etgan va yomonliklar qilgan kimsani kechirish.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kishi do‘stining dinidadir. Bas, sizlardan har birlaringiz kim bilan do‘st bo‘layotganingizga qarasin, dini va dunyosida hamroh bo‘ladigan hamrohni talab qilsin".

Chunki kishi do‘sti sababli ilm, amal, duo, oxiratda shafoat qilish kabi oxiratga aloqador va obro‘, o‘zaro yordamlashish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi dunyoviy foydalarga erishadi. Bu hadisda yomon kimsalar bilan do‘st tutinmaslik aytilmoqda. Chunki unday kimsa g‘azabi yoki shahvati kelganida o‘zini tutolmay qoladi, natijada gunohga qo‘l uradi.




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin