Alloh taolo aytadi:
$oΨø)n=iy ⎯ôϑ£ÏΒi¸„¬ÏV2Ÿ
’4lntã
óΟßγ≈Ζuù=Ò”sùuρ
ÏM≈t7ŠÍh©Ü9#$∅š
iÏΒ Νγß≈oΨø%—y‘uuρ
Ìsót7ø9#$uρ
Îh¸9yø9$#
’ûÎΝößγ≈Ψo=ùΗuxquρ
tΠŠy#™u©û_Í/t$ΨoΒø §Zx‰ôs)s9uρ *
∩∠⊃∪ ξWŠÅÒ øSs
"Darhaqiqat, Biz odam bolalarini aziz va mukarram qildik. Va ularni barru bahrda – quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizq-ro‘z berdik. Va ularni O‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik" (Al-Isro surasi, 70-oyat).
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki menga o‘nta salom yuborsa, xuddi bitta qulni ozod qilgandek savobga erishibdi", dedilar.
Amr ibn Ka’bdan rivoyat qilinadi. U kishi bilan Abu Hurayra (r.a.) bilan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kirishdi va: "Ey Rasululloh! Odamlarning bilguvchirog‘i kim?" deb so‘rashdi. "Oqil kimsa", dedilar. "Ularning ibodat qilguvchirog‘i kim?" deb so‘rashdi, yana: "Oqil kimsa", dedilar. "Ularning afzalrog‘i kim?" deb so‘rashganida ham: "Oqil kimsa", deb javob berdilar- da, "Har bir narsaning quroli bo‘ladi. Mo‘minning quroli aqldir. Har bir qavm uchun yo‘lboshchi bo‘ladi. Mo‘minning yo‘lboshchisi aqldir. Har bir qavmning g‘oyasi bo‘ladi. Bandalarning g‘oyasi aqldir", deb aytdilar.
Hazrati Oyisha (r.a.): "Aql o‘n qismdir: beshtasi zohirda, beshtasi botindadir. Zohirdagilarining birinchisi sukut saqlashdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Kimki jim tursa, najot topibdi", deganlar. Ikkinchisi halimlikdir. Uchinchisi tavoze’dir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki tavoze’ qilsa, Alloh taolo uning martabasini ko‘taradi. Kimki takabburlik qilsa, Alloh taolo uni tubanga tushiradi", deganlar. To‘rtinchisi amru ma’ruf va nahiy munkar, ya’ni, odamlarni yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarishdir. Beshinchisi solih amaldir. Botiniylarining birinchisi – tafakkur, ikkinchisi – ibrat, uchinchisi – gunohlarni katta sanashlik, to‘rtinchisi – Allohdan qo‘rqish, beshinchisi – nafsni tahqirlash".
"Payg‘ambarlar afzalmi yoki farishtalar? Qaysilarining darajalari yuqoriroq?" degan savolga sahobalarning ko‘pchiligi: "Payg‘ambarlar afzaldirlar", deyishgan. Va bunga bir necha misol keltirishgan. Birinchisi: "Eslang (ey Muhammad) , Biz farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar", oyatidir. Farishtalar Odamga (a.s.) sajda qilishga buyurildilar. Agar Odam (a.s.) ulardan afzal bo‘lmaganida, sajda qilishga buyurilmasdilar. Ikkinchisi: Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismini o‘rgatdi. "So‘ngra Alloh ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: "Agar xalifalikka biz haqliroqdirmiz, degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!" Ular aytdilar: "Ey pok Parvardigor! Biz faqat Sen bildirgan narsalarninggina ismlarini bilurmiz. Albatta, Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan", oyatidir. Bu oyat Odam (a.s.) farishtalar bilmaydigan narsalarni ham bilganlariga dalolat qiladi. Albatta, bilguvchi bilmaydigandan afzalroqdir. Chunki Alloh taolo: "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!" deb marhamat qilgandir. Uchinchisi: Bashar uchun ibodatdan chalg‘itadigan shahvat, g‘azab, vaqt ketadigan ehtiyojlar bordirki, farishtalarda bu narsalar yo‘q. Mana shu chalg‘ituvchi narsalar bilan ibodat qilish mashaqqatliroq bo‘ladi, shu boisdan insonning ibodati farishtalarnikidan afzalroq bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Amallarning afzalrog‘i mashaqqatlirog‘idir, chunki uning savobi ko‘proq bo‘ladi", deganlar. To‘rtinchisi: Farishtalar
shahvatsizdirlar, ularga aql berilgan. Hayvonlar esa aqlsiz bo‘lib, ularga shahvat berilgan. Insonga aql ham, shahvat ham berilgan. Agar insonning shahvati g‘olib kelsa, hayvondan ham tubanlashib ketadi. Agar aqli shahvatiga g‘olib kelsa, u farishtadan ham afzal bo‘ladi.
Payg‘ambarimizdan naql qilinishicha, Alloh taolo Odam (a.s.) va zurriyodlarini yaratgan vaqtda farishtalar: "Ey Parvardigor, ularni yeb-ichadigan, uylanadigan, kiyim kiyadigan, uxlaydigan qilib yaratding. Bizlarda bularning birortasi yo‘qdir. Bas, shunday ekan ular uchun dunyoni, oxiratni esa biz uchun qilgin", dedilar. Shunda Alloh taolo: "O‘zim yaratib, so‘ng unga o‘z tarafimdan bo‘lgan ruhni puflab xalq qilganimni "bo‘l", deyishim bilan yaratgan narsalarimdek qilmayman", dedi. Odamdan (a.s.) boshqa maxluqlar "kun" (bo‘l), degan amrdan yaralgandirlar. Bularga farishtalar ham kiradi. Shu sababli yaqinlikda, afzallikda bashar bilan farishta teng emasdir, balki basharning darajasi ulug‘roqdir. Albatta, Alloh taolo xalqni yaratgach, uni to‘rt sinf qildi: farishtalar, shaytonlar, jinlar, insonlar. So‘ng ularni o‘n qismga bo‘ldi. To‘qqiztasi farishtalar, bittasi shayton va insonlardir. So‘ng bu uchalasini yana o‘n qism qildi: to‘qqiztasi shaytonlar, bittasi ins va jinlar. So‘ng bularni ham o‘n qism qilib bo‘ldi: to‘qqiztasi jinlar, bittasi odamlardir. So‘ngra insonlarni bir yuz yigirma besh qism qildi. Yuztasi hind daryolari bo‘yida bo‘lib, hammasining qaytadigan yeri do‘zaxdir. Rum yerida ikkitasi bo‘lib, ularning qaytadigan yeri do‘zaxdir. O‘n ikkitasi mag‘rib va mashriqda bo‘lib, hammasining qaytadigan yeri do‘zaxdir. Qolgan bittasini yetmish uchtaga bo‘ldi. Yetmish ikkitasi ahli bid’at va zalolatdir. Bittasi firqai nojiya bo‘lib, ular ahli sunnat va jamoatdirlar, ularning qaytadigan joylari jannatdir.
Dostları ilə paylaş: |