Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


O‘ttiz yettinchi majlis O‘LIMNING QATTIQLIGI BAYONI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə47/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘ttiz yettinchi majlis O‘LIMNING QATTIQLIGI BAYONI


Alloh taolo aytadi:
∩∈∠∪ $†‹=Îtæ $Ρºh3stΒ çµ≈Ψoè÷sù‘uuρ ∩∈∉∪ $|‹Î;¯Ρ $)Zƒ‰dÏoÏ βthxZ …絯ΡÎ) 4}§ƒÍ‘Š÷Î) =É≈tz3Å9ø$# ’ûÎö ZäŒø#$uρ

"Yana ushbu kitobda Idris (qissasini) zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi.


Va Biz uni yuksak martabaga ko‘tardik" (Maryam surasi, 56–57-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Nabiy va rasullarga salovot aytinglar, chunki ular ham men kabi elchi qilib yuborilganlar", deganlar.

Xabarlarda keladiki, agar Alloh taolo bir mo‘min bandani vafot ettirishni iroda qilsa, o‘lim farishtasi uni og‘zi tarafidan jonini olishga keladi. Shunda qilgan zikrlari chiqib: "Senga bu tarafdan yo‘l yo‘q. Chunki u bu og‘zida Rabbimni zikr qilgan", deydi. O‘lim farishtasi Alloh taoloning oldiga qaytib borib, bo‘lgan voqeani bayon qiladi. Alloh: "Uning jonini boshqa tarafidan ol", deb amr etadi. O‘lim farishtasi bandaning qo‘l tarafidan keladi. Uning sadaqalari, yetimlarni boshini silaganlari, yozgan ilmlari chiqib, avvalgisi aytgandek aytadi. So‘ng oyoq tarafidan keladi. Oyoqlari ham avvalgi gapni aytib: "Albatta, u men bilan jamoat namozlariga, ilm majlislariga borgan", deydi. So‘ng qulog‘i tarafidan keladi, quloqlari ham o‘sha gapni aytib: "U men bilan Qur’on va zikr tinglagan", deydi. So‘ngra ko‘zi tarafidan keladi, ko‘zlari ham avvalgi gapni takrorlaydi. Shunda o‘lim farishtasi Alloh taoloning oldiga borib, "Ey Rabbim, bandaning a’zolari menga hujjat bilan g‘olib kelishdi. Uni jonini qanday olaman?" deydi. Alloh taolo: "Kaftingga Mening ismimni yoz, so‘ngra uni mo‘minning ruhiga ko‘rsat", deydi. Allohning ismini mo‘min ruh ko‘rgan vaqtda, xursand bo‘lib, uning og‘zidan chiqadi. Alloh ismi barakasidan bandaning jonini olish vaqtidagi achchiqlik ham ketadi.

Rivoyat qilinishicha, oriflarning ba’zisi, Qur’oni karimda Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Mo‘min jon jasadidan xamirdan qilni sug‘urgandek chiqadi", deb aytgan hadislarini qo‘llab-quvvatlaydigan oyat bormikin, deb o‘yladi. So‘ng Qur’onni tadabbur bilan o‘qib chiqdi, ammo topa olmadi. So‘ng tushida Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdi va: "Yo Rasululloh, Qur’oni karimda bu hadisning ma’nosini topmadim", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yusuf surasidan qidir", dedilar. U uyqusidan turib, Yusuf surasini o‘qigan vaqtda, quyidagi oyatni topdi: "Keyin (Yusufga) ularning oldiga chiq, dedi. Bas, qachonki uni ko‘rishgach, (ular beixtiyor uni) olqishladilar va (o‘zlari sezmagan hollarida qo‘llaridagi pichoqlari bilan) o‘z qo‘llarini kesa boshladilar" (31-oyatdan). Ya’ni, ular Yusufni (a.s.) ko‘rgan vaqtlarida, u zotga mahliyo bo‘lib, qo‘llarini kesayotgandagi og‘riqni sezmadilar. Xuddi shuningdek, mo‘min farishtalarni, jannatdagi o‘rnini, undagi ne’matlarni, hurlarni, qasrlarni ko‘rgan vaqtda, ularga qalbi mahliyo bo‘lib, o‘limning alamini sezmay qoladi.



Idrisning (a.s.) jannatga ko‘tarilishlarini sababi haqida aytiladiki, u kishidan har kuni yer ahlining amalicha amal ko‘tarilar edi. Shunda o‘lim farishtasi u kishini ko‘rishga mushtoq bo‘ldi. Va Alloh taolodan Idrisni (a.s.) ziyorat qilishga izn so‘radi. Alloh taolo ruxsat bergandan keyin, inson suratida u kishining oldilariga keldi va salom berib, huzurlarida o‘tirdi. Idris (a.s.) ro‘za tutgan edilar, iftor vaqtida o‘lim farishtasiga, sen ham yegin, dedilar. Farishta yemasdan o‘tiraverdi. So‘ng Idris (a.s.) ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldilar, hatto quyosh chiqdi, farishta esa u kishining oldilarida o‘tirardi. Idris (a.s.): "Ey kimsa, men bilan sayr qilib kelmaysanmi?" dedilar. U, mayli, dedi. Ikkalasi sayr qila boshlashdi. Bir ekinzorga borgan vaqtlarida o‘lim farishtasi undan: "Bu ekinzordan yeyishimiz uchun boshoq olishimga izn berasanmi?" deb so‘radi. Idris (a.s.): "Subhanalloh! Kecha halol taomni yemading, bugun harom taomni yeyishni xohlaysanmi?" dedilar. Ikkalalari yana sayr etib ketishdi,
oradan to‘rt kun o‘tdi. Idris (a.s.) hamrohlarida inson tabiatiga zid bo‘lgan holatlarni ko‘rdilar. Undan: "Sen kimsan?" deb so‘radilar. "Men o‘lim farishtasiman", dedi u. "Jonlarni olguvchi senmisan?" dedilar. "Ha", deb javob berdi farishta. Sen mening huzurimda to‘rt kundan beri turibsan, shu muddat ichida birorta jonni oldingmi?" deb so‘radilar. U: "Ha, juda ko‘p jonlarni oldim. Maxluqotlarning jonlari mening huzurimda dasturxon kabidir, sen xuddi luqmalarni olganingdek, men ham ularni olaman", dedi. Idris (a.s.): "Ey o‘lim farishtasi! Sen meni ziyorat qilish uchun keldingmi yoki jonimni olish uchun?" deb so‘raganlarida, "Ziyorat qilish uchun keldim", deb javob berdi. Shunda Idris (a.s.): "Ey o‘lim farishtasi, mening senga bitta hojatim bor", dedilar. O‘lim farishtasi: "Qanday hojat?" deb so‘radi. "Jonimni olsangu Alloh taolo meni yana qayta tiriltirsa. O‘limning achchiqligini ta’tib ko‘rganimdan keyin yanayam ko‘proq ibodat qilaman", dedilar. O‘lim farishtasi: "Men Allohning iznisiz birorta jonning jonini olmayman", dedilar. Shunda Alloh taolo Idris (a.s.) jonini olishni farishtaga vahiy qildi. Bas, shu soatdayoq jonlarini oldilar. Idris (a.s.) vafot etdilar. O‘lim farishtasi Alloh taolodan birodari Idrisni (a.s.) tiriltirishni so‘radi. Alloh ijobat qilib, Idrisga (a.s.) qayta hayot berdi. Farishta: "Ey birodar, o‘limning achchiqligi qanaqa ekan?" deb so‘raganida, "Tirik hayvonni terisini shilishdan ming barobar alamliroq ekan", deb javob berdi. O‘lim farishtasi: "Men seni joningni olishdagi yumshoqlikni biror kimsaga qilmagan edim", dedi. Idris (a.s.) aytdiki: "Ey o‘lim farishtasi, mening senga yana boshqa hojatim bor. Albatta men jahannamni ko‘rishni xohlayman. Agar men undagi azoblarni ko‘rsam, yanayam ko‘proq Allohga ibodat qilaman". O‘lim farishtasi: "Allohning iznisiz, seni qanday qilib jahannamga olib boraman", dedi. Alloh taolo unga Idrisni (a.s.) jahannamga olib borishni vahiy qildi. O‘lim farishtasi Idrisni (a.s.) jahannamga olib bordi. Idris (a.s.) jahannamda kofiru zolimlarga tayyorlab qo‘yilgan jamiki azob turlarini ko‘rdilar. So‘ngra qaytishdi. Idris (a.s.) o‘lim farishtasiga: "Mening senga yana bitta hojatim bor. Meni jannatga olib bor, u yerda mo‘minlar uchun tayyorlab qo‘yilgan ne’matlarni ko‘ray va ibodat qilishim yanada ziyoda bo‘lsin", deganlarida, farishta: "Men seni Allohning iznisiz, qanday qilib jannatga olib boraman", deb javob berdilar. Shunda Alloh taolo o‘lim farishtasiga Idrisni (a.s.) jannatga olib borishni vahiy qildi. Farishta Idrisni (a.s.) jannat eshigi oldiga olib keldi. Idris (a.s.) jannatdagi ne’matlarni ko‘rgan vaqtlarida: "Ey birodar! O‘limning achchiqligini ta’tib ko‘rdim, jahannamning dahshatini ham bildim, endi mendan o‘limning achchiqligi, jahannamning qo‘rquvi ketishi uchun jannatga kirib suvlaridan ichib, mevalaridan ta’tib ko‘rishimni Alloh taolodan so‘rab bera olasanmi?" dedilar. O‘lim farishtasi izn so‘ragan edi, Alloh taolo kirib chiqishga izn berdi. Idris (a.s.) jannatga kirib, daraxtning ostida kovushlarini qoldirib chiqdilarda: "Ey o‘lim farishtasi, mening ikki kovushim jannatda qolib ketdi, meni jannatga qaytar", dedilar. Qaytib kirdilar-da chiqmadilar. O‘lim farishtasi: "Ey Idris chiq", dedilar. Idris (a.s.) chiqmayman, chunki Alloh: "Har bir nafs o‘lim sharbatini tatib ko‘rguvchidir", degan, men tatib ko‘rdim. Va: "Sizlardan har biringiz uni (jahannamni) ko‘rguvchidir", degan. Men ko‘rdim, va "ular jannatdan chiqquvchi emaslar", degan. Bas, endi kim meni jannatdan chiqaradi", deb aytdilar. Alloh o‘lim farishtasiga, qo‘yaver, Men azaldan uning ahli jannat bo‘lishini taqdir qilganman", deb vahiy qildi.

Ey birodar! G‘aflat uyqusidan uyg‘on va amalingni xolis Alloh uchun qil, chunki har bir amal xolis Alloh uchun qilinmas ekan, u riyodir. Riyo esa maxfiy shirkdir. Alloh riyokorning amalini qabul qilmaydi.

Ibn Avs aytadilar: "Bir kuni Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) yig‘lab turgan hollarida ko‘rdim va: "Yo Rasulalloh! Nima yig‘layapsiz?" deb so‘radim. "Ummatimning shirk keltirishlaridan qo‘rqyapman. Ular sanamlarga ibodat qilmaydilar, balki amallarida riyo qiladilar", deb javob berdilar.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin