Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


O’ttiz sakkizinchi majlis NAMOZNI TARK QILUVCHILAR BAYONI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə48/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O’ttiz sakkizinchi majlis NAMOZNI TARK QILUVCHILAR BAYONI

Alloh taolo aytadi: «So‘ng ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta, yomonlikka, (ya’ni. yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar iymon keltirib, yaxshi amal qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biror zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59–60-oyatlar).

Hasan ibn Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Agar masjidga kirsang, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot ayt. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening uyimni saylgoh, o‘z uylaringizni qabriston qilib olmanglar. Qaerda bo‘lsangizlar ham, menga salovot aytaveringlar, chunki sizlarning salovotlaringiz menga yetkaziladi», deganlar». Boshqa bir hadisda: «Juma kuni menga ko‘p salovot aytinglar, chunki sizlarning salovotlaringiz menga ko‘rsatiladi», deyiladi.

Oyatdagi «namozni zoe qiladigan kimsalar»ning ma’nosi, uning vojibligiga e’tiqod qilmaydilar, deganidir. Ba’zilar, masjid va ibodatxonalarga bormay, ularga e’tibor bermay, xarob qiladilar, deyishgan. Ba’zilar esa, namozni, ibodatni ado etgandan so‘ng g‘iybat va riyo bilan zoe qilib yuboradilar, degan bo‘lsa, boshqalar, namoz o‘qiyotganda uning shart va arkonlarini tark etadilar, deganlar. Ba’zilar esa, g‘aflat bilan namozni tark qilib qazosini o‘qimaydilar, deydi.

Tarjimadagi «yomonlik» oyatda «g‘oyy» deb kelgan. Vahb ibn Munabbah: «G’oyy – jahannamdagi bir daryo bo‘lib, uning qa’ri chuqur, harorati issiq, ta’mi esa achchiqdir. Uning bir tomchisi bu dunyoga tushgudek bo‘lsa, dunyo ahlining hammasi halok bo‘ladi», deganlar. Ibn Abbos esa: «G’oyy jahannamdagi vodiydir. Jahannamning boshqa vodiylari, Alloh taolodan bu vodiyning yomonligidan panoh so‘rab, har kuni ming marta iltijo qiladilar. ¢oyy vodiyi namozni va jamoatni tark qiluvchilar uchun hozirlab qo‘yilgandir», deganlar. Zahhok: «G’oyy halokat va hasratdir», deb aytganlar.

Hikoya qilinishicha, bir kishi sahroda yurar edi. Bir kuni shayton unga hamroh bo‘ldi. U odam bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlarini o‘qimadi. Uxlaydigan payt bo‘lganda, kishi yotishga hozirlandi, shunda shayton qocha boshladi. U shaytonga: «Nima uchun mendan qochyapsan?» deb so‘radi. Shayton: «Men umrim davomida Alloh taologa bir marta osiylik qilib, mal’un bo‘ldim. Sen esa bir kunda besh marta osiy bo‘lyapsan. Alloh taolo senga azob yuborsa, senga qo‘shilib men ham azobga qolmay, deb, qo‘rqib qochyapman», dedi.

Rivoyat qilishlaricha, kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namoz haqida gapirib: «Kim namozni muhofaza qilsa, qiyomat kunida namozi u uchun nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kim namozni muhofaza qilmasa, qiyomatda uning uchun nur ham, najot ham, hujjat ham bo‘lmaydi. Namozga beparvo bo‘lganlar, uni o‘qimay zoe qilganlar qiyomat kuni Qorun, Fir’avn, Hamon va Ubay ibn Xalaf bilan birga bo‘ladi», dedilar.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi: «Kim namozni jamoat bilan birga o‘qishga ahamiyat bermasa, Alloh undan o‘n ikki balo bilan qasos oladi. Uchtasi dunyoda, uchtasi o‘lim vaqtida, uchtasi qabrda, uchtasi qiyomatda. Dunyodagi uchta qasos: Alloh taolo uning kasbi va rizqidan barakani ko‘taradi; undan solihlarning nurini olib tashlaydi; u mo‘minlarning qalbida yomon ko‘rilib qoladi. O’lim vaqtidagilari: jonini olayotganda chanqab o‘ladi, hatto butun daryoning suvini ichib yuboradigan darajada bo‘ladi; joni qiyinchilik bilan chiqadi; Alloh saqlasin, iymonsiz ketishi ham mumkin. Qabridagi uch qasos: unga Munkar va Nakirning savoli qattiq bo‘ladi; qabri qop-qorong‘u bo‘ladi; qabri torayadi, hattoki qovurg‘alari bir-biriga kirishib ketadi. Qiyomatdagi qasoslar: unga hisob-kitob qattiq bo‘ladi; Rabbi unga g‘azab qiladi; uni do‘zax bilan azoblaydi». Shuning uchun azonni eshitgan kimsaga jamoatni tark qilish ruxsat yo‘q. Chunki jamoat bilan o‘qish sunnati muakkada, ya’ni ta’kidlangan sunnatdir. Agar qishloq ahli namozni jamoat bilan o‘qimasa, ularga qarshi qurol bilan urushish vojib bo‘ladi, bu Islom shioridir. Agar jamoatni birorta odam uzrsiz tark qilsa, unga ta’zir berish shartdir. Unday kishining guvohligi o‘tmaydi. Qo‘shnilar, imom va muazzin uni ogohlantirmay, sukut qilganlari uchun gunohkor bo‘ladilar. Ta’zirning eng ozi uch qamchidir.


Uning molini olish ham ta’zir berish sanaladi, qolaversa, bu urishdan ko‘ra ta’sirliroqdir. Ba’zi ulamolar fiqh kitoblarini mutolaa qilish jamoatdan qolishga uzr bo‘ladi, lekin buni odat qilib olmagan bo‘lsa, deganlar. Kasallik, yomg‘ir, do‘l, sovuq, qattiq qorong‘ulik, xavf, hibsga olish kabilarning hammasi uzrlidir. Safar uzrga o‘tmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Jamoat bilan namoz o‘qishni tark qiluvchi Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Qur’onda ham la’natlangandir. Jamoatni tark qiluvchi yerda yursa, yer ham uni la’natlaydi», deganlar. Yana bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim besh narsani o‘zidan man qilsa, Alloh taolo undan besh narsani man qiladi. Birinchisi, kim duo qilmasa, Alloh unga ijobat etmaydi. Ikkinchisi, kim sadaqa bermasa, Alloh unga omonlik bermaydi. Uchinchisi, kim zakot bermasa, Alloh taolo uning molini muhofaza qilmaydi. To‘rtinchisi, kim ushr bermasa, Alloh taolo uning kasbiga baraka bermaydi. Beshinchisi, kim jamoat namoziga bormasa, Alloh undan «La-a ilaha illalloh Muhammadur rosululloh» kalimasini man qiladi», deganlar.

Aziz birodar! Agar jamoatni tark qiluvchining ahvoli shunaqa bo‘lsa, namozni tark qiluvchining ahvoli qanday bo‘ladi?! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Masjidga borgan kimsaning iymoni borligiga guvohlik beringlar», deganlar. Alloh taolo esa Qur’oni karimda: «Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxiratga iymon keltirgan kimsalargina obod qiladilar», deb marhamat qilgan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, bir ko‘r kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldlariga kelib: «Yo Rasululloh! Meni masjidga yetaklab keladigan odam yo‘q, menga namozimni uyda o‘qishga ruxsat bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga ruxsat berdilar. U qaytib ketayotganida, uni chaqirtirib: «Namozga aytilgan azonni eshitasanmi?» deya so‘radilar. «Ha», deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, jamoatga kel», dedilar. Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qorong‘u kechalarda masjidga keluvchilarga qiyomat kuni nur berilishi xushxabarini yetkazinglar», deganlar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam yana: «Namoz dinning ustunidir. Kim uni barpo qilsa, dinini barpo qilibdi. Kim uni tark qilsa, dinini tark qilibdi», deganlar.

Uqayl ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan safarda edim, ul zotda uch narsani ko‘rdim. Shu uch narsa sababli qalbimga Islom mahkam o‘rnashdi. Birinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi hojat qilmoqchi bo‘ldilar, shu yerda bir nechta daraxt bor edi. Menga:



«Daraxtlarning oldiga borib, «Sizlarni Rasululloh chaqiryaptilar, u kishini to‘sib turar ekansizlar», deb ayt», dedilar. Men borib, gapimni tugatmasimdan, daraxtlar tomirlaridan ajralib kelib, Rasulullohni o‘rab turishdi. Forig‘ bo‘lganlaridan keyin daraxtlar o‘rinlariga qaytib ketishdi. Ikkinchisi, men qattiq chanqadim, lekin suv topa olmadim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu toqqa chiqib mening nomimdan salom ayt va, suving bo‘lsa, menga ber, de», dedilar. Men toqqa chiqib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning gaplarini ayta boshladim. So‘zimni tugatmasimdanoq, tog‘ odamga o‘xshab gapira ketdi: «Sen Rasulullohga borib ayt, men: «Ey iymon keltirgan zotlar! O’zingizni va ahlingizni yoqilgisi odamlaru toshlardan iborat bo‘lgan do‘zaxdan saqlangiz», oyati nozil bo‘lgandan beri o‘sha toshlar men bo‘lib qolishimdan qo‘rqib, yig‘lay-yig‘lay suvim qolmagan». Men hayratlar ichida qaytib keldim. Uchinchisi, ketayotgan vaqtimizda to‘satdan bir tuya Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldlariga yugurib kelib: «Yo Rasululloh! Yordam bering!» dedi. Shu payt uning orqasidan bir a’robiy qilich yalang‘ochlab keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bechoradan nima xohlaysan?» deb so‘radilar. U: «Yo Rasululloh! Men buni ko‘p pulga sotib olganman. Endi u menga itoat qilmayapti. Shuning uchun uni so‘yib go‘shtidan foydalanaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyaga qarab: «Nima uchun unga itoat qilmayapsan?» deb so‘radilar. Tuya: «Men uning qabih amali tufayli unga osiy bo‘lmoqdaman, chunki u yashaydigan qabila xuftonni o‘qimay uxlashadi. Agar u xufton o‘qishga ahd qilsa, men ham unga osiy bo‘lmaslikka ahd qilaman. Chunki men ularning orasida bo‘lgan vaqtimda hammamizga Allohning azobi kelishidan qo‘rqaman», dedi. Rasululloh a’robiydan namozni tark etmaslikka ahd oldilar. Shunda tuya u bilan birga qaytib ketdi».


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin