Qiymatning mehnat nazariyasi namoyondalari ishchi kuchini alohida, o‘ziga xos tovar deb
hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo‘lgan ishchi kuchi qiymatining o‘zgargan
shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g‘oya tarafdorlari ishchi
kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi,
ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy
takror ishlab chiqarish
sharoitlari ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu g‘oyada hayotiy ehtiyojlar hamda
ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishida erishilgan darajaga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko‘pgina
ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma’qullanib kelinmoqda. Masalan, A.F.Shishkin,
E.F.Borisovlar o‘zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar
qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydilar [1, 2]. Bu mualliflar o‘z fikrlarini asoslashda
ko‘pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining
farqiga bormaganligini, shu sababli
bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi
tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to‘lashga o‘xshab
ko‘rinishini isbotlashga harakat qilganlar. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi
ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi,
mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini yetarli hisobga olmaydi.
Hozirgi iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks», V.D.Kamayev
rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda) [3, 4]
ish haqini
mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa [5, 6] mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat
narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan tushunchaga
asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo‘lib,
mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Ish
haqining mazmuni to‘g‘risidagi turli nazariyalarni umumlashtirish orqali quyidagi xulosalarni
chiqarish mumkin.
1.
Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati mavjud
bo‘lib, uning murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ma’lum darajada e’tibordan
chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to‘g‘ri baho
berilgan bo‘lib, ularda foydalanish mumkin bo‘lgan ijobiy mazmun mavjuddir.
2.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda
iqtisodiyotning erishgan
darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning
miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli
miqdorlarda bo‘ladi.
3.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o‘zini, oila
a’zolarini boqishga yetadigan darajada bo‘lishi lozim.
4.
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi
bilan bog‘liq bo‘ladi.
5.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan
darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to‘g‘ri kelgan
miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo‘lsa-da,
turli korxonalarda turlicha miqdorda bo‘lishi mumkin.
Ish haqi-ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab,
milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy
mahsulot bilan chambarchas
bog‘liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini
yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Ish haqining mazmunini to‘laroq tushunish uchun nominal va
real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha
miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish
haqi farqlanadi.
Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish
haqi.
Real ish haqi-bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar
miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi-bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati.
O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga hamda xarid qilinadigan tovarlar va
xizmatlar narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda,
nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir hamda iste’mol buyumlari
va xizmatlar narxining
darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash
mumkin:
R
V
V
n
r
,
bu yerda:
V
r
- real ish haqi;
V
n
- nominal ish haqi;
R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning
iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u kelajakda
ham o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoladi.
Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab
to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo‘lmaydigan,
balki
ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (muhandis-texnik xodimlar va
xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot
ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga
bog‘liq bo‘lmagan vaqtlarda (konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Uning turlаrini quyidаgi (12.1-rasm) dа koʻrish mumkin.