Microsoft Word Economic theory lecture 12


-rasm. Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri



Yüklə 151,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix20.11.2023
ölçüsü151,55 Kb.
#165340
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Economic theory - lecture 12

12.2-rasm. Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri. 
 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S
1
S
1
dan S
2
S
2
ga 
qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W

dan W

ga qadar oshirishga erishadilar. Biroq, 
ishchi kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar sonining Q

dan Q
2
ga qadar qisqarishiga 
olib keladi. 
Aksariyat kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar. 
Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga harakat 
qiladilar. Bu ochiq turdagi kasaba uyushmalari uchun xos bo‘lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni, 
ularning malakasidan qat’iy nazar, o‘z saflariga a’zo bo‘lishiga intiladilar. Bu o‘rinda, agar 
kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq tarzda 
tashkil etish ham mumkin bo‘ladi. 
Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni ishdan 
bo‘shatib, ular o‘rniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Biroq, o‘ziga 
malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay 
olmaydi, bunday holatda ish beruvchilar bu ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan 
ishchilar bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish 
zaruratini yo‘qqa chiqaradi. Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha 
ishchilarni birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda kasaba 
uyushmalari korxona ma’muriyatini o‘z ta’siri doirasida ushlab tura oladi. Ma’muriyat 
tomonidan ularning shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni ish tashlashga undash orqali kasaba 
uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan to‘liq mahrum etishi mumkin. 
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi chizma orqali 
ko‘rish mumkin (12.3-rasm). 
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o‘z tarkibiga 
kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi 
W
1
dan W

ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizig‘i SS dan W
2
aS ga 
siljiydi. W

ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q
1
dan Q

ga qadar 
qisqartiradilar. 



Yüklə 151,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin