Microsoft Word Economic theory lecture 12


 Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va



Yüklə 151,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü151,55 Kb.
#165340
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Economic theory - lecture 12

12.3. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va
kasaba uyushmalarining o‘rni. 
Mehnat munosabatlari-ish beruvchilar va yonlanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat sharoitlari 
va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha munosabatlardir. 
Ishga yonlash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat 
shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari-korxona ma’muriyati va ishchilar 
o‘rtasidagi ishga yonlash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy 
hujjat. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun 


stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda 
narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o‘z 
ichiga oladi. Shuningdek mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi va qator tashkiliy masalalar 
hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga,asosan uch yilga tuziladi. Ayrim hollarda davlat 
ham korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash 
masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi 
«Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy 
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi. 
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala 
ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini 
oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy 
ro‘l kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi. Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar 
o‘zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib taklif qiladilar. Kasaba 
uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yonlovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning 
asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga 
turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin. 
1. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish haqini 
oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi 
kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham 
ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li 
bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘paytirishlari mumkin: ishlab chiqariladigan mahsulot 
yoki ko‘rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; mehnat unumdorligini oshirish; ishchi kuchi 
bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish. 
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini qisqartirish 
yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: 
immigratsiyani cheklash; bolalar mehnatini qisqartirish; pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-
quvvatlash; ish haftasini qisqartirishga yordam berish. Bulardan tashqari kasaba uyushmalari 
tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq 
nazorat o‘rnatadi. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali ishchi 
kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga 
olib keladi. 
3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini 
cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum 
kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, 
imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi. 
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan 
tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi 
mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi 
kuchini yonlash natijasida olinadigan qo‘shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi. 
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari 
himoya qilinayotgan ishchilar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda yopiq yoki ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish 
haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko‘proq 
ma’lum kasb egalari, masalan, duradgorlar, elektr payvandchilar kabilarni o‘ziga birlashtiruvchi 
bo‘lim kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. Bo‘lim kasaba uyushmalari ish beruvchilarni 
faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan ishchilarni yonlashga majbur etib, shu orqali 
ishchi kuchi taklifi ustidan nazorat o‘rnatadilar. Zarur holda kasaba uyushmasiga a’zolikni 


qisqartirish orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy yo‘l bilan qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi 
yo‘llardan foydalanishlari mumkin: 
-
o‘qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho‘zish; 
-
kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish badallarini oshirish; 
-
yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar. 
Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi darajasini oshirish 
jarayonini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin (12.2-rasm). 

Yüklə 151,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin