kamsitish amalda mavjud emasligini Hukumat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari erishgan
katta yutuqlardan biri, deb baholash mumkin.
Eng kam ish haqi kafolatlari.
Ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omil - umumdavlat miqyosida
o‘rnatiladigan eng kam ish haqi miqdoridir.
Ko‘plab mamlakatlarda (masalan AQSH,
Fransiya, Ispaniya, Kanada, Belgiya,
Portugaliya, Avstraliya,
Yangi Zelandiya, Isroil) eng kam ish haqi davlat tomonidan (odatda
eng kam soatbay ish haqi ko‘rinishdi) belgilab qo‘yiladi. Ayni paytda qator boshqa
mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, Shveysariya,
Avstriya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya)
umumdavlat miqyosida ish haqi minimumi o‘rnatilmaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi
28 ta davlatdan 21 tasida eng kam ish haqi davlat tomonidan belgilab qo‘yiladi (12.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: