samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin
taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va
taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini
qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya
bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini
o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha,
mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi.
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi
ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning
taklifini pasaytiradi.
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p
bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab
chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi
ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (7.3-rasm).
R, so‘m
700 S
600
500
400
300 S
200
100
0
10 20 30 40 50 60
Q, tonna
Dostları ilə paylaş: