Microsoft Word Economic theory lecture 7


-jadval Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik



Yüklə 163,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix30.09.2023
ölçüsü163,3 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6   7   8
Economic theory - lecture 7

7.1-jadval
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik 
 
Bir kilogramm savzi narxi, 
so‘m 
Savziga bo‘lgan yakka talab 
miqdori, bir oyda kilogramm 
Savziga bo‘lgan bozor talabi 
miqdori, bir oyda tonna 
700 
600 
500 
400 
300 
10 
20 
30 
50 
60 
10 
20 
30 
50 
60 


Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga 
va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot 
narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-
qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. 
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning o‘rtasidagi teskari 
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: gorizontal chiziq talab 
miqdorini, vertikal chiziq narxni ko‘rsatadi (7.1-rasm). 
P, 
700 
600 
500 
400 
300 
200 
100 

so‘m 
D
D
10 20 30 40 50 60
Q, tonna
7.1-rasm. Talab egri chizig‘i. 
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks 
ettiradi. 
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi 
mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq 
talab egri chizig‘i deyiladi. 
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat 
tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning 
narxdan tashqari omillari deyiladi. 
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini qarab 
chiqamiz. 
1. Iste’molchilarning didlari. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y 
bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
2. Bozordagi iste’molchilar soni. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni 
ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa 
vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning 
oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va 
obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish 
darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi. 
3. Iste’molchining daromadlari. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa 
omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni 
nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad 
oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq 
sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi 
mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori 


oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid 
qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda 
o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past 
toifali tovarlar deyiladi. 
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi 
bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq 
etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan ular tomonidan sotib olinishi mumkin 
bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (7.2-rasm). Oliy 
toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishda bo‘ladi. Haqiqatan 
ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali 
tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi 
bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad 
darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. 
Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming 
so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 
ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan 
tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlashmoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha - 4 
donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha - 6 donadan 7 donagacha. 
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan 
(daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib 
olinmoqda). 
Daromad, ming so‘m
 
100
 
90 
80 
70 
60 
50 
40 
30 
20 
10 
0 1 2 3 4 5 6 7 8
Tovar miqdori, dona
 

Yüklə 163,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin