Microsoft Word Economic theory lecture 7



Yüklə 163,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix30.09.2023
ölçüsü163,3 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6   7   8
Economic theory - lecture 7

 
7.4-rasm. Muvozanatli narx. 
 
Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (N
m
) va tovarning muvozanatlashgan miqdori 
(M
m
) mos keladi. Ya’ni, piyoz narxi 500 so‘m bo‘lganda, xaridorlar 30 tonna piyozni sotib 
olishga, sotuvchilar esa 30 tonna piyozni bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga 
egadirlar. Narxning 400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: 
sotuvchilar faqat 20 tonna piyozni sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor 
bo‘ladilar va hokazo. 
Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 300 so‘m darajasidagi 
bozor holatida tovar taqchilligi vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. 
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu 
sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatini farqlash zarur. 
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy 
miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan 
bog‘liq. 
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi 
omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, 
ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. 


Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni 
taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha 
quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi 
korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin 
bo‘ladi. 
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli 
egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli 
bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib 
kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil 
mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga 
olib kelishi mumkin. 
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1 
foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx 
bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning 
egiluvchanligi deb ataladi.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (E
t
) darajasi quyidagi formula bo‘yicha 
hisoblanadi: 
R
Q
E
t




bu yerda:

Q - talab miqdorining foizli o‘zgarishi; 

R - narxlarning foizli o‘zgarishi. 
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi. Ularning 
asosiylari quyidagilar. 
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o‘rnini 
bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. 
Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari 
mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan 
bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati yoki narxining iste’molchi daromadidagi salmog‘i. Iste’molchi 
daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori 
egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni 
tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib 
keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 
mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik 
daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot 
miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi. 
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda 
egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va 
elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non 
yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa 
tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib 
tashlash mumkin. 
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab 
shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10 foizga ko‘tarilsa, 
iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi 
bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.


Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi 
bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi 
ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Iste’molchi daromadining 1foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
D
Q
E
t




bu yerda:

Q - talab miqdorining foizli o‘zgarishi; 

D - daromadning foizli o‘zgarishi. 
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1 
foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx 
bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning 
egiluvchanligi deb ham ataladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (E
tf
) darajasi quyidagi formula bo‘yicha 
hisoblanadi: 
R
Q
E
tf




bu yerda:

Q - taklif miqdorining foizli o‘zgarishi; 

R - narxlarning foizli o‘zgarishi. 
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud 
o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi 
narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab 
chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi 
ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli 
davrlaridagi taklifning o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning 
egiluvchanligida ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. 

Yüklə 163,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin