www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Ey, mo‘min kishi! Tavhid kalimasini til bilan zikr etib, aslo dilda shubhaga tushma! Shubhaga
tushish - jahannamga tushish ko‘prigi (sababchisi).
Bunday kishiga shafoatchi yo‘q.
Ey, farzand!
Kalimai tavhidni ko‘p zikr qilgin.
Tur tog‘ida Muso (a.s.) so‘radilar:
«Allohim! «La ilaha illalloh» deya zikr etguvchi qulingga qanday haq ato etgaysan?»
«Ey,Muso! O’sha qulimdan rozi bo‘lib, jannati A’loda Jamolim bilan sharaflantiraman!»
Kalimai tavhid fazilati va uni zikr etganga beriladigan haq ta’rifga sig‘mas darajada. Buning
mukofotini Allohning O’zi tayin, taqdir va ehson etadi.
Alloh xitob (murojaat) etadi:
«Ey, farishtalarim! Shohid bo‘ling, tavhid kalimasini ishonib hatto bir marta zikr etgan qulimni afv
etdim, kechirdim!»
Ishonib tavhid kalimasini bir bor aytganning barcha gunohlari to‘kiladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadi:
«Kim sidqidildan, ishonch bilan bir bor tavhid kalimasini zikr etsa, Alloh o‘sha kishiga jannatda
to‘rt ming daraja ikrom etadi. To‘rg ming gunohini ham kechiradi!»
Ashobi ikromdan savol bo‘ldi:
«Yo Rasululloh (s.a.v.)! O’sha kishining to‘rt ming gunohi bo‘lmasa-chi?»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilarki:
«Oila a’zolarining, qarindosh-urug‘larining, qo‘ni-qo‘shnilarining ham gunohlarini (qo‘shib)
kechiradi!»
Ey, farzand!
Tavhid kalimasini zikr etishda davomli bo‘lib, barokatidan foydalanmoq, gunohlardan forig‘
bo‘lmoq zarur.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Mahshar maydoniga butun hayoti gunohlar bilan o'tgan bir kishini keltirishadi. Faqat nomai
a’molida bir marta tavhid kalimasini aytgani ko‘rinadi. Barcha gunohlari tarozining bir pallasiga, tavhid
kalimasining savobi bir pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasining savobi og‘ir kelgani uchun
jahannamdan chiqariladi».
Ey, farzand!
Tavhid kalimasining fazilati cheksiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday
deydilar:
«Banda «LA ILAHA ILLALLOH!» deya zikr etishi bilan og‘zidan bir yashil qush uchib chiqadi. Bu
qush ko‘tarilib to‘g‘ri arshning ostiga joylashadi. Umri davomida uni aytgan kishiga Allohdan mag‘firat
tilaydi. Mahshargohda esa o‘sha kishining qo‘lidan tutib, to‘g‘ri jannatga eltadi».