Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
keladigan balo-qazolarga, falokatlarga qarshi turadi. Barcha bu qilgan ishlaring o‘zing uchundir. Men
uchun nima qilding?»
Muso(a.s):
«Allohim! Sen uchun nima qilishim zarur?»
Alloh taolo:
«Men uchun bir kishini sev, uni uzingga do‘st tut!
Sevganingni Men uchun sev, sevmaganingni
ham Men uchun sevma! Men faqat qulimdan shunday qilsagina rozi bo‘laman», dedi.
Rasululloh (s.a.v) marhamat etadilar: «Bir kishi bir gunoh qilmoqchi bo‘lganida Allohni yodga olib,
Uning uchun o‘sha
gunohdan darhol qaytsa, voz kechsa, Alloh o‘sha kishiga atab ikki jannat yaratadi,
har
bir jannat kattaligi, kengligi eni-bo‘yiga sakson ming gazlik yo‘l uzunligidadir».
Ey, farzand!
Bir kishining qazo va qadarga rozi bo‘lishi maqbul bir banda ekaniga ishoratdir. Qazo va qadarga
isyon qilishi esa osiy bir qul ekanini bildiradi. Har qanday iztirobga, g‘am-anduhga
nisbatan
g‘azablanib isyon etmoq ham shunday. Mashaqqatdan, g‘amdan, qiyinchilikdan sabr bilan o‘tmoq
kerak.
Ey, farzand!
Allohga itoatli bo‘lmoqni istagan banda har so‘zida:
«Inshaalloh» deya boshlashi kerak.
Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Inson uchun har qanday bir ishni boshlayotganda
«Inshaalloh» demoqdan xayrliroq va go‘zalroq bir so‘z yo‘q».
Bir ish uchun «Inshaalloh» deb so‘zga kirishmoq yoki ish boshlamoq o‘sha
ishni Allohga havola
etmoqdir. «Agar Alloh xohlasa» demakdir.
Kishining ko‘ngli uch narsada ochiq va bo‘sh bo‘lishi kerak:
1.
Qur’oni karim o‘qiyotganda.
2.
Zikr qilayotganda.
3.
Namoz o‘qiyotganda.
Ibrohim Adham hazratlari aytadilarki, ko‘nglini ham uch holda hozirlamagan kishi uchun rahmat
va fayz eshiklari ochilmaydi. Bir kishining orif ekanining uch alomati bor:
1.
Jimligi (sukuti) —
tafakkur
2.
Boqishi (qarashi) — ibrat.
3.
Xohishi (istagi) — ibodatdir.
Dostları ilə paylaş: