www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Odam (a.s.) aqlni qabul qildilar. Jabroil (a.s.) imon va hayoga;
— Qani, sizlar ayrilib, keting, — dedilar. Shunda imon:
— Alloh menga aqldan ajramasligimni, u qayda bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lishimni amr etdi. Men
aqldan ayrilmayman, — dedi.
Keyin hayo:
— Alloh meni imonga omonat qildi. Imon qayda bo‘lsa, men ham o‘sha yerdaman. Imon bo‘lgan
joydan ayrilmasman dedi.
Shundan so‘ng uchovi bir joyda qolib, bir-biridan ayrilmadilar. Bu holga ko‘ra Alloh kimga aql
bergan bo‘lsa, imon va hayo ham u bilan birgadir. Kimga aql berilmagan bo‘lsa, unda imon ham,
hayo ham bo‘lmaydi.
IBRATLI HIKOYA Bir kuni Hasan Basriy xuzurlariga bir ayol kelib, shunday dedi:
—
Ey, Allohning do‘sti! Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,
—
So‘rang,
—
dedilar Hasan Basriy.
- Ey.. Imom! Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima?
—
dedi ayol.
Hasan Basriy xazratlari:
—
Siz ayting, biz ham eshitib, o‘rganaylik,
—
dedilar. Ayol aytdilarki:
—
Din pokligi
—
tahorat olmoqdir.
Din javxari
—
Allohdan qo‘rqmoqdir,
Din xazinasi
—
ilmdir. Ayol yana qo‘shimcha qildi.
Din ma’dari
—
hayodir. Alloh hayoli qulini maqtaydi. Rasululloh (s.a.v.) «hayo
—
imonning bir
bo‘lagi ekanini bildirganlar,
Hasan Basriy bu ayol so‘zlarini eshitib, sevinchdan hayratu hayajonga tushdilar, ayolning so‘ziga
muxlis bo‘ldilar.
IMON QAL’ASI Imon besh burchli qal’aga o‘xshaydi,
Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po‘latdan, to‘rtinchi burji tunj
(bronza, ruh) dan, beshinchi burji misdan.
Qal’a ichiga o‘g‘ri kirsa, qimmatli narsalarni o‘maradi. Imon qal’asining o‘grisi — shayton.
Mis burji
—
adabdir. Adab bo‘lmagan joyga shayton kiradi. Adab burjiga shayton yo‘llay olmaydi.
U zotning imoni ozod, najot topadi. Po‘lat deganimiz vujud, temir deganimiz tandir. Tunj deganimiz
farzdir. Kumush deganimiz — ixlos. Oltin deganimiz - Allohga yaqinlik.
Kimning adabi bo‘lsa, sunnatga yo‘l topadi.
Sunnatga amal qilgan ixlosga yo‘l topadi. Ixlosli kishi Allohga yaqinlashadi. Yaqinlikka erishgan
esa Allohga vosil bo‘ladi.
Adabga e’tibor etmagan sunnatdan uzoq qoladi. Sunnatga ahamiyat bermaganning farzi qusurli
bo‘ladi. Farzi qusurli bo‘lganning samimiyati bo‘lmaydi.
Berganini Alloh roziligi uchun bergan, sevganini Alloh rizosi uchun sevgan, sevmaganini tag‘in
Alloh rizoligi uchun sevmagan kishining imoni komildir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Ey, sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Odobi, xulq-atvori, tarbiyasi, tabiati
go‘zal bo‘lib, insonlarga yaxshilik qiluvchingiz sizlarning imonda mukammalingizdir».
Haqiqatan bu to‘g‘rida Alloh marhamat etadi:
«Shubhasiz, siz buyuk axloq sohibisiz».(Qalam surasi, 4-oyat)
Bu oyatda Alloh Habibini vasf etmoqda, maqtamoqda. Agar bir kishi go‘zal axloqqa ega bo‘lsa,