«(Bu taqsimotlar) merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan holda qilinagan vasiyat va qarzlar ado qilinganidan keyin bo‘lur. (Ya’ni, vasiyat merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan bo‘lishi lozim. Yo‘q qarzni vasiyat qilish – zararli vasiyatdir.) (Bu hukmlar) Alloh tomonidan bo‘lgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir».
Ya’ni, Alloh zararli vasiyatni ham, boshqasini ham, bilguvchidir, osiylarni jazolashga
shoshilmaydigan halimdir.
«Mana shu Allohning (belgilab qo‘ygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o‘sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta saodatdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va