Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
edilar. Ular Alloh o‘z do‘stlari – avliyolariga hozirlagan ehsonga guvoh bo‘ldilar, unga
iymon nuri ila boqdilar va borliqdagi biron narsaga dillari ketmadi. Aksincha, ular:
«Sengagina ibodat qilamiz, Sen uchun bo‘ysunib
sajda qilamiz, Sening yordamingda
rushdu hidoyatga erishamiz,
Senga tavakkul etib suyanamiz, Sening zikring ila
huzurlanib shod bo‘lamiz, Sening muhabbating maydonida sayru sayohat qilamiz, Sen
uchun
amal qilib, harakat etamiz va Sening eshigingdan hargiz ketmaymiz», dedilar.
Faqirlik ikki xil – umumiy va xos bo‘ladi.
Umumiy faqirlik – Alloh taologa muhtojlik bo‘lib, u barcha maxluqotlarning sifatidir. Bu
Alloh taoloning:
«Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar» (Fotir surasi, 15)
oyati karimasining ma’nosidir.
Xos faqirlik – Allohning do‘stlari va suyuklilarining sifati bo‘lib, u Alloh azza va jalla bilan
mashg‘ul bo‘lganligi, Unga
qattiq berilganligi, Uning zikri ila ulfat bo‘lganligi sababli qo‘l
va dilning dunyoga ehtiyoji yo‘qligidir.
Ey Allohim, bizni O‘zing suygan va rozi bo‘lgan amallarga muvaffaq ayla, bizni, ota-
onamizni va barcha musulmonlarni mag‘firat qil.
O‘ttiz to‘rtinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: