birlaridan (biron narsa haqida) so‘ramaslar», oyatini o‘qib, so‘zlarida davom
etdilar: «Alloh O‘z haqqidan xohlaganini kechiradi. Biroq, insonlarning haqlaridan biron
narsani kechmaydi. Bir banda odamlarga ro‘baru qilinadi. So‘ng Alloh taolo haqdorlarga:
«Haqingizni olgani kelinglar», deydi va farishtalarga: «Uning solih amallaridan olib, har
bir haqdorga haqqiga yarashasini beringlar», deya amr etadi. Agar banda Allohning
valiyi (do‘sti) bo‘lsa va zarra misqolichalik yaxshi amali ortib qolsa, Alloh taolo o‘sha
amalini ko‘paytiradi va u sababli bandani jannatga doxil qiladi. Bordi-yu, banda badbaxt
bo‘lib, yaxshi amali qolmasa, farishalar: «Parvardigoro, uning yaxshiliklari tugadi, biroq
hali talabgorlari bor», deydi. Shunda Alloh: «Ularning yomonliklaridan olib, uning
yomonliklariga qo‘shinglar», deydi. So‘ngra u do‘zaxga haydaladi».
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kuni banda uchun o‘zini taniydigan kishini uchratishdan
ko‘ra yoqimsizroq narsa bo‘lmaydi. Chunki u dunyoda qilgan zulmiga to‘lov talab
etishidan xafvsirab turadi. Bu xususda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar:
«Qiyomat kunida haqlar haqdorlarga olib beriladi. Hatto shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning
o‘chi olib beriladi» (Muslim rivoyati).
Ayrim kitoblarda yozilishicha, Alloh taolo: «Mendan o‘zga yordamchisi bo‘lmagan kishiga
zulm qilgan kimsa Mening qattiq g‘azabimga duchor bo‘libdi», deydi.
Bir shoir aytadi: «Qodir bo‘lsang-da, zulm qilma, chunki zulmning oqibati nadomatdir.
Mazlum bedor bo‘lib duoibad qiladi, sening ko‘zlaring uxlar, biroq Alloh uxlamas».
Salaflardan biri aytar ekan: «Zaiflarga zulm qilma. Aks holda eng yovuz kuchlilardan
bo‘lasan».
Vahb ibn Munabbah aytganlar: «Zo‘ravon podshohlardan biri baland qasr bino qilibdi. Bir
kambag‘al kampir qasrning yoniga kichkina kulba qurib unda yashay boshlabdi.
Kunlardan bir kuni podshoh otiga minib qasri atrofida aylanib yurib bir kulbaga ko‘zi
tushib qolibdi. «Bu kimniki?» «Kambag‘al ayolniki». U kulbani buzib tashlashni