Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Qaramog‘idagilarni zoe qilish (qarovsiz tashlab qo‘yish) kishining gunohkor
bo‘lishiga kifoya qiladi» (Abu Dovud, Nasoiy, Hokim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh har bir boshliqdan qo‘l ostidagilarni
saqlaganmi yoki zoe qilganmi, albatta, so‘raydi. Hattoki kishidan ahli oilasi haqida
so‘raladi» (Ibn Hibbon rivoyati).
Fasl
Mardikor ishlatib haqini bermaslik ham zulmdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo dedi: «Men uch toifa odamga
xusumatchi – raqibman va kimga xusumatchi bo‘lsam, uni aniq yengaman. Ular: Mening
nomim bilan berilgan narsaga xiyonat qilgan kimsa, hur odamni sotib pulini yegan
kimsa, mardikor yollab, ishini qildirib, haqini bermagan kishi» (Buxoriy rivoyati).
Yahudiy yoki nasroniyga zulm qilgan, xorlagan, toqatidan tashqari ishni buyurgan yoki
biron narsasini norozi qilib olgan kimsa ham mazkur hadisdagi insonlar sirasiga kiradi.
Zimmasidagi qarzni inkor qilib yolg‘on qasam ichish ham zulmdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib, musulmon kishining
haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib etib, jannatni harom qiladi»,
dedilar. «Yo Rasululloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning
novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib er-xotin janjallashadi. Allohga
qasamki, xotinining tili gapirmaydi. Balki qo‘l-oyoqlari bu dunyoda eriga qilgan
sarkashliklari haqida guvohlik beradi. Erning qo‘l-oyoqlari ham u xotinini qanday
boshqargani haqida guvohik beradi. So‘ng kishi va xizmatkorlari orasida mana shunday
tortishuv bo‘ladi. Ulardan dinoru dirham olinmaydi. Biroq zolimning yaxshiliklari
mazlumga olib beriladi, mazlumning yomonliklari zolimga yuklanadi. So‘ng zo‘ravonlar
oldiga temir gurzi ko‘targan (farishtalar) keladi va: «Ularni do‘zaxga haydanglar»,
deyiladi.
Shurayx Qoziy aytgan ekanlar: «Zolim jazo-uqubatni, mazlum esa nusratu savobni kutib
turganini zolimlar yaqinda bilib oladilar».
Rivoyat qilishlaricha, Alloh bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, unga zulm qiladigan
kimsani boshliq qilib qo‘yadi.
Tovus Yamoniy Xalifa Hishom ibn Abdulmalikning huzuriga kirdilar va unga: «Azon kuni
borasida Allohdan qo‘rqing», dedilar. Hishom: «Azon kuni qaysi?» deb so‘ragan edi, u
zot: «Alloh taolo: «Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi (muazzin): «Zolimlarga